Explanatory dictionary
yog‘
ёғ
Meanings
- Chorva mollari, umuman, jonivor-lar organizmida, sutida, baʼzi oʻsimlik-larning urugʻi, doni, gulida boʻladigan, ulardan ajratib olinadigan moy.
- Yogʻi yoʻq Unumsiz, kam unumli.
- Yogʻ tushsa (yoki tomsa) yalagu(n)day Supu-rib-sidirilgan, nihoyat darajada toza, ozo-da.
Examples
- Qoʻy yogʻi. Mol yogʻi. Kunjut yogʻi. Eritilgan yogʻ. Yogʻni qizdirmoq. Yogʻni eritmoq. yaya Yogʻni yoqqa, goʻshtni goʻshtga endi ajratib boʻlay dega-nimizda, Joʻraposhsha kelib qoldi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Daraning aholisi oʻz ishi bilan mashgʻul: xotin-qizlar kuv pishi-rib, yogʻ ajratmoqda. — S. Ayniy — Doxunda.
- Soʻngra bu yerlarning yogʻi yoʻq, oriq, kamhosil ekanini hammamiz bilamiz-ku, nega bu toʻgʻrida lom demaydshshr. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli. Yogʻi chiqadimi Ayni bir ish hadeb takror-lay berilganda aytiladigan ibora.
- Tekshi-ravergan bilan yogʻi chiqadimi? — S. Ahmad — Hukm. Yogʻi chikdi Nihoyatda kir boʻlib, yiltirab ketgan kiyim haqida.
- Doʻppining yogʻi chiqdi. n
- Yogʻi chiqib yiltirab ketgan paxtalik ki-yib olgan Karimov ichiga nimadir toʻldiril-gan qopni orqalabdi. — I. Qalandarov — Shoxi-damas, bargida.
- Hamma narsa saranjom. Hovli-joy yogʻ tushsa yalagudek. — S. Anorboyev — Pushaymon. Ilonning yogʻini yalagan Ayyor, mugʻambir, quv.
- Koʻp ishni koʻrgan bu Zunnunov. Ilonning yogʻini yalagan. Juda nozik joyini topibdi. — I. Raxim — Ixlos. Koʻzini yogʻ bosmoq Birovni na-zar-pisand qilmay qoʻymoq.
- Fursatdan foy-dalanib, Poʻlat ota uni uzib-uzib oldi: -Yoʻq! Men koʻzini yogʻ bosgan bandalarga elashmay-man, arzimnixudoga aytaman. — K. Yashin — Hamza. Koʻzining yogʻini yemoq Oʻzini kimgadir yaqin koʻrsatib, uning xayrixohligidan ortiq darajada foydalanmoq.
- -Sizda vijdon de-gan narsa yoʻq. Koʻzimning yogʻini yeb, boshimga ish tushganda qochdingiz, — dedi bolaning otasi Karimovga. — S.Axmad — Dadamning oʻrtogʻi. Oq yogʻ 1) qoʻy yogʻi; 2) chigit (paxta) yogʻi. Ogʻzingga yogʻ Balli, yasha.
- Kampir xuddi hozir oʻgʻli kelin bilan qoʻl ushlashib kirib kelayotganday, eshikka qaradi: -Voy, ogʻzingga yogʻ, oʻgʻlim! — A. Qahxor — Qoʻshchinor chiroqlari. Oʻz yogʻiga (oʻzi) qovurilmoq Oʻz qiyinchiligini oʻzi tortmoq.
- Uch kundirki, Boʻtaboy oʻz yogʻiga oʻzi qovurilib, uyda oʻti-ribdi. S. — Ahmad — Hukm.
Source: Wiktionary
Views: 0