Explanatory dictionary
yog‘och
ёғоч
Meanings
- Daraxt, ogʻoch.
- Yogʻochdan qilingan, yogʻochli.
- Qurilish materiali, xoda. Sidiqjon onasi kutgandan ham ortiqroq gʻayrat qilib, hash-pash deguncha yotch, somon, boʻyra, taxta va boshqa narsalarni tashib oldi va tezdan usta soldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Yogʻoch oyoq 1) etn. boʻyini uzun qilib koʻrsatish uchun oyoqqa bogʻlab, raqs tushish-ga moʻljallangan yogʻoch moslama.
Examples
- Otabek hovlining oʻrtasida, tut yogʻochining yoniga kelib toʻxta-gan va janubda kishi yoʻqmi, deb alanglar edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Esimda An-horning yogʻoch koʻprigi, Bu yerni azaldan de-yishgan Oʻrda. — M. Shayxzoda.
- Yogʻoch uyga yerdan bir qancha baland koʻtarib taxta terilgan, uning ustiga qanor qoplardan palos toʻshal-gan. — I. Ra\im — Chin muhabbat.
- -Qosimovmast emasmidi? — dedi Solibek qiziqib. Uningham kayfi bor-u, ammo Gʻulomjonga oʻxshab yogʻoch kavush kiygan emas. — H. Nuʼmon — Fasllar.
- Masxaraboz-lar yogʻoch oyoqda raqs tushish, olovbozlik, nay-rangbozlik, muallaqchilikda mohir boʻlgan. — M. Qodirov — Oʻzbek xalq ogʻzaki dramasi; 2) yogʻochdan qilingan yasama oyoq, protez.
- Ikrom-jon yakka oyoqda kezishdan foyda yoʻq, deb yogʻoch oyogʻining uchiga eski etikning tag charmini qoqib olgandi. S. — Ahmad — Ufq. Yogʻoch ot Choʻpdan yasalgan bolalar oʻyinchogʻi.
- Bir kun Qudrat suv sepib turgani ustiga oʻzidan bir yashar katta boʻlasi ichkaridan yogʻoch ot minib chi-qib qoldi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha. Sim yogʻoch s. t. Elektr, radio va telefon simla-rini tortib ulash uchun yerga qadalgan uzun, toʻgʻri yogʻoch; stolba.
- Solih goh u yoqqa, goh bu yoqqa gandiraklab ketar, devorga, sim yogʻochga suyanib qolardi. — H. Nazir — Yonar daryo.
Source: Wiktionary
Views: 0