Explanatory dictionary
zig‘ir
зиғир
Meanings
- . Poyasidan tola, urugʻidan moy, yogʻ olinadigan bir yillik oʻsimlik.
- . Shu oʻsimlikning urugʻi, hosili.
- Zigʻir yogʻdek koʻngilga (yoki meʼdaga) tegmoq. Gap-soʻzi, xatti-harakati bilan jon-dan bezor qilmoq, jonga tegmoq.
Examples
- Zigʻir ekmoq.
- Rais, kolxoziga plan berilmagan boʻlsa-da, ozroq zigʻir, kunjut ektirayotganini, bitta eski juvozni ham saqlab qolib, ishlatayotganligini aytdi. — S.Nurov — Narvon.
- Nilufar dalalar yangi kamalak, Dehqon maftun boqar zigʻir guliga. — N. Narzullayev — Saylanma.
- Lakana yigitning kiyimlaridan zigʻir yogʻining hidi keladi, uning kasbi juvozkash. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Kavushsimon shamdonga zigʻir yogʻi quyilib, paxta pilik yoqilgan boʻlsa ham, juvozxona ichi qizgʻish qorongʻi edi. — N. Fozilov — Oqim.
- [Mullaroʻzi Mulladoʻstga:] Hozir bu boyvachchangiz ham meʼdaga zigʻir yogdek tegib turibdi. — w:Hamza — Maysaraning ishi.
Source: Wiktionary
Views: 0