Explanatory dictionary
zog‘
зоғ
Meanings
- qarang qargʻa.
- Zogʻ uchmaydi yoki hech zogʻ yoʻq — birorta odam koʻrinmaydi; hech kim yoʻq.
Examples
- Har zogʻ, har zogʻda ming dogʻ. — Maqol
- Hayfkim, ahli tamiz ushbu mahalda xor ekan, Oldilar har yerda bulbul oshyonin zogʻlar. — Muqimiy
- Gʻulomjon shoshib qoldi. Hovli boʻm-boʻsh, zogʻuchmas edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Savlat qilib oʻngu soʻlga qaradi, Zogʻ uchmagan choʻlga ketib boradi. — "Shirin bilan Shakar".
- Qudrat koʻcha aylanib kelib, uyiga kirsa, hech zogʻ yoʻq. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar.
- Eldan burun masjidlarga ketayotgan taqvodorlardan boshqa koʻchalarda hech zogʻ yoʻq. — M. Osim — Oʻtror.
Etymology
Forschadan زاغ — qargʻa
Source: Wiktionary
Views: 0