Explanatory dictionary
ajal
ажал
Meanings
- Oʻlim payti, qazo vaqti; oʻlim.
- Oʻz ajali bilan oʻlmoq Qazo vaqti yetib (boshqa sabablarsiz) oʻlmoq.
- Ajal(i) yetmoq Oʻlim soati. qazosi yetmoq.
- Ajal olsin (yoki tortsin, chaqirsin)! Oʻlsin! Qurib ketsin!
- Ajalidan besh kun burun Kuni bitmasdan, qazosi yetmasdan, bevaqt.
- Ajal haydab kelgan ekan (yoki keldi) Biror joydan boshqa joyga borib, oʻsha yerda qazo topgan kishi haqida aytiladi.
- Ajal toʻnini bichmoq Oʻldirishga shaylanmoq, oʻlimi hozirligini koʻrmoq.
Examples
- Dard boshqa, ajal boshqa. — Maqol.
- Qoʻrqqanni ajal quvlar. — Maqol.
- Gulnorning oʻlimini ular gʻoyat sovuqqonlik bilan qarshilashga urindilar. Ular: -Gulnor oʻz ajalibilan oʻldi. Ajalga davo yoʻq, — deyishdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Qirq yil qirgʻin boʻlsa, ajali yetgan oʻladi. — Maqol.
- Ajal yetsa, jon ayrilar bu tandan. — "Murodxon."
- Jallodlar zulmida ogʻir kun koʻrdim. Yetmayin ajalim, qutulib qoldim. — Rustam. —
- Oʻgʻriar teshib, oldimga chiqqanlarida, nima qilar edim? ..Men ajalimdan besh kun burun oʻlar edim. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Ajal haydab keldi gulgun qoshima, Ketmassan qoʻlimdan bu zamon omon. — "Shirin bilan Shakar".
- Ajal toʻnin bichib, minganman otga. — "Goʻroʻgʻli".
- Yovga kirmay botir, dushman sanchmaydi, Yov boʻlmayin ajal toʻnin bichmaydi. — "Yusuf va Ahmad".
Etymology
arab. – vaqt oraligʻi; belgili muddat
Source: Wiktionary
Views: 0