Explanatory dictionary
alanga
аланга
Meanings
- Yonib turgan oʻtdan, olOvdan koʻtarilayotgan yolqin.
- Yorugʻlik; yorugʻ shuʼla.
- koʻchma Oʻt oldiruvchi, joʻshqin jarayon; joʻshqinlik, hovur; yurakka oʻt soluvchi, yondiruvchi his-tuygʻu.
- Alanga olmoq 1) alangalanib yona boshlamoq.
Examples
- Gaz alangasi. m Sham alangasihar tomondan esib turgan shabadada tebranar edi. — A. Qahhor — Koʻr koʻzning ochilishi.
- Ashulachilarning quyoshda qoraygan yuzlari mashʼallarning alangasidayiltillar edi. — A. Muxtor — Opasingillar.
- Firoq alangasi. Ishq alangasi. Urush alangasi. Gʻazab alangasi. v Doʻsti gʻarib, kel, qoʻlingni tut, Yuragingga yoqay alanga. — A. Oripov.
- Muzday choy ichini qovurayotgan alanga taftini sap pasaytirganday boʻldi. — A. Koʻchimov — Halqa.
- Jang maydonida dushmanning yetti tanki alanga olib yondi. — A. Rahmat — Ellik bir bahodir; 2) koʻchma shiddatli tuye olmoq; kuchaymoq, zoʻraymoq.
- Oʻzbek oyimning gʻazabi tagʻin ham alanga oldi: Soʻzimni eshitasanmi, kar? A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Source: Wiktionary
Views: 0