Explanatory dictionary
anqaymoq
анқаймоқ
Meanings
- Hayronlik bilan qaramoq, hayron boʻlib ogʻzi ochilib qolmoq.
- Beparvo, loqayd qaramoq; angraymoq.
Examples
- Kuyovimizning oʻzi laqabini eshitganda, rostdan ham anqayib qoldi, qizardi. — Murod Muhammad Doʻst — Lolazor.
- Mirshablar Yoʻlchiga zugʻum bilan oʻqrayib oʻtishdi. Yoʻlchi bir minut anqayib qoldi-da, yukni nari-beri orqalab, ularning [mirshablarning] iziga tushdi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Anqaymanglar, tezda guja tayyor boʻladi, - dedi ishlayotganlar oldiga borib navkar, moʻylovini burarkan. — Jumaniyoz Sharipov — Xorazm
- Shodiyor.. jiyaniga oʻshqirdi: -Suvdan quy, nega anqayasan. — "Yoshlik".
Etymology
Bu so‘z Mo‘g‘ulchadan kelib chiqadi.
Source: Wiktionary
Views: 0