Explanatory dictionary
avliyo
авлиё
Meanings
- Valilar, eʼtiqodli, dindor kishilar; aziz, muqaddas, ollohga yaqin kishilar; ruhoniylar.
- Karomat, bashorat qila oladigan, moʻʼjizalar koʻrsata oladigan odam.
- Ulugʻ, zoʻr fahmlanuvchi odam yoki narsa.
- Hech narsa bilan ishi yoʻq, darveshsifat, darveshnamo odam.
Examples
- Xoja Bahouddin Naqshbandning Buxoroda avliyo sifatida shuhrat topishida bir voqea sabab boʻlgan ekan. — Gazetadan.
- Men shunday avliyomanki, agar tosh yoki daraxtni chaqirsam, oldimga darrov keladi. — "Latifalar".
- Tantiboyvachcha olazarak boʻlib, yelkasini qisdi va yerga qarab dedi: Biz avliyomizmi? Qayerda ekanini aytish juda mushkul. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Nima, zveno boʻlib, avliyo boʻptimi? — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Xotin kishi esa ojiza, avliyosi ham hasaddan xoli emas — F. Musajonov — Himmat.
- Yuragingda Oʻrinboy otaning oʻgiti borda. Dadang pok odam. Qishloqning avliyosi u. Ishonaman. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Gʻorogzida, baland yassi tosh ustida, Yalangʻoch avliyo oriq bir keksa odam gulxan yoqib oʻtirardi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
Etymology
a. أَوْلِيَاء — valiylar
Source: Wiktionary
Views: 0