Explanatory dictionary
avval
аввал
Meanings
- ot kam qoʻll. (asosan 1-sh. egalik va oʻ.-p. k. shaklida) Bosh(i), boshlanish(i). zid. oxir.
- Avval-oxir Bir umr; butunlay, batamom.
- rvsh. Oʻtgan vaqtlar(da), hozirga qadar; ilgari. zid. hozir".
- . Birinchi navbatda, birinchi boʻlib; dastlab.
- Boshlanishda; boshda.
- koʻm. vazifasida. Biror voqea, hodisa yoki harakatning boshqasidan yoki shu haqda soʻz borayotgan vaqtdan oldin boʻlganligini bildiradi.
Examples
- Ishning avvali va oxiri.
- Xullas, bugun yoshligimni eslashim va gapning avvalini shundan boshlashimning sababi boshqa. — Shukrullo — Javohirlar sandigʻi.
- Mulohazalarimiz avvalida videofsh1m haqidagi ayrim fikrlar, baholarni mushtariyga yetkazmoqchi boʻldik. — Gazetadan.
- Hech kim barobar kelmas endi, ullarim (oʻgʻillarim), Men bilaman, avval-oxir sizlarga. — "Erali va Sherali".
- Buncha jozib, buncha sohir, Yakto boʻlding, Koʻhinor? Sohibingga avval-oxir Balo boʻlding, Koʻhinor. — E. Vohidov.
- Tirikchiligimiz avval qanday boʻlsa, hozir ham shunday. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Bu keng xonaga Gʻulomjon avvallari ham koʻp kelgan edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona t.o.
- Avval qariyalar dasturxonga taklif etildi.
- Avval taom, baʼdaz kalom. — Maqol.
- Avval toʻngʻich botir poylovchilik qsh1ibdi. — "Chalpak yoqqan kun".
- Avval hech narsa sezilmadi, bir oz oʻtgach, o/riq tura boshladi.�
- Uchrashuvimizdan avval. Bundam toʻrt yil avval.
- Mana soʻnggi xotira: ikki yarim yil aeeajj mehribon ona u ni shaharga uzatadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Etymology
a. JJI — boshlanish; birinchi
Source: Wiktionary
Views: 0