Explanatory dictionary
aynimoq
айнимоқ
Meanings
- Rang-tusi, sifatini yoʻqotmoq, eskirmoq; oʻngmoq.
- Asl belgi-xususiyatini, sofligini yoʻqotmoq (nav, nayel va shu kabilar haqida).
- Sof (odatiy) holati yomon tomonga oʻzgarmoq.
- Isteʼmolga yaroqsiz boʻlmoq; buzilmoq (yegulik-ichguliklar haqida). -Yoʻq, — dedi onasi, — choy aynib qoladi, kyolishgandan keyin dasharsan.. Oydin, Oʻzidan koʻrsin.
- Toʻgʻri fikrlash, soʻzlash qobiliyatini yoʻqotmoq, shu jihatdan ahvoli ogʻirlashmoq.
- Xulq-atvori, odob-axloqi jihatidan yomonlashmoq, yomon tomonga oʻzgarmoq; buzilmoq. [
- Odob-axloq chegarasidan chiqib ketmoq, odob-axloq chegarasidan tashqari gaplarni gapira boshlamoq.
- Fikrini, niyatini oʻzgartirmoq, niyatidan, soʻzidan qaytmoq. -Oʻrtoq komandir tankist boʻlar emishlar,— dedi Tojixon kulib — Uchuvchi boʻlishdan aynibdshyur. A. Qahhor, Yillar.
- Koʻngli aynimoq 1) koʻngli behuzur boʻlmoq, koʻngli ozmoq, qayt qilgisi kelmoq; 2) feʼli ozmoq, achchigi chiqmoq. Miyasi aynib qolgan Esi-hushi joyida emas, esi kirarli-chiqarli boʻlib qolgan. Feʼli aynimoq 1) asabi qoʻzgʻamoq; 2) jahli chiqib, kayfiyati buzilmoq.
Examples
- Ayniganeski gimnastyorkasi ham suvga chayqalganday jiqqahoʻl. — Oybek — O. v. shabadalar.
- Ilgarigi qizilurugʻ, bosvoldi qovunlar yoʻq. Hammasi aynigan. Nayel aynimasindesang, har uch yilda qoʻchqorni almashtir. — S. Ahmad — Yulduz.
- Havo aynidi. n Zamona aynidi. — K. Yashin — Hamza.
- Tursunboy ota, echkining goʻshti aynibqolmasdan, xotiniga mushkulkushod oʻqitgani eshon ayani uyiga chaqirgandi. — S. Ahmad — Hukm.
- Bemorning ahvoli durust edi, lekin kechga borib aynidi. n Bu aynigancholni olib borib, zindonga solinglar. — "Yusuf va Ahmad".
- Muzaffar Dadavoyga:\ Vaqtida juda xursand boʻlganmiz! Siz bilan faxrlanganmiz. Ammo keyingi yillarda aynibqoldingiz, dimogʻingiz koʻtarilib ketdi, koʻzingizni yogʻbosdi. — Uygʻun — Navbahor.�
- Buni qarang, yomgʻirda qolgan mushukning hidi keladi! — Aynima, aynima! — dedi yoʻgʻon bir tovush.— Yomgirda qolgan mushukni hidlab koʻrganmisan?A. — Qahhor — Qushchinor chiroqpari.
- Arslonqul.. baʼzi ogaynilarini qidirmoqchi boʻldi, lekin yana aynidi. — Oybek — Navoiy.
- Hoji xola pulni koʻrdi-yu, yana aynib qolmasin deb, qoʻlidan yuliboldi. — M. Ismoiliy — Fargona t. o.
Source: Wiktionary
Views: 0