Explanatory dictionary
badbaxt
бадбахт
Meanings
- [bad.. + baxt) 1 Baxti kul-magan, turmushdan yolchimagan; baxtsiz, baxti qaro, bebaxt.
- koʻchma, s.t. "Yaramas, ablah, shaf-qatsiz" maʼnosidagi haqorat, qargʻishni ifodalaydi.
Examples
- Meni qargʻamang, qar-gʻamang badbaxt qizingizni, onajon! Hamza, Boy ila xizmatchi.
- Manavi goʻdak — jiga-ringiz Nizomni ham badbaxt qilgan odamsiz. S. Ahmad, Ufq.
- Koʻz ochib koʻrgani aldadimi — bas, shoʻrlik umr boʻyi oʻzini badbaxt va aybdor hisoblaydi. "Yoshlik".
- Ey, badbaxt, bultur birov paygʻambarlik daʼvosini qilib osilib oʻlgan edi, sen shundan ibrat olmadingmi, debdi. "Askiya".
- Badbaxt odamdagina rahmu shafqat boʻlmaydi. "Fan va turmush".
- Tortmoqqa Yodgorda darmon qolmadi, Oʻz holiga badbaxt dushman qoʻymadi. "Alpomish".
Source: Wiktionary
Views: 0