Explanatory dictionary
badnom
бадном
Meanings
- Yomon ish bilan nom chiqargan, yomon otliq boʻlgan, nomiga dogʻ tushgan.
Examples
- Badnom odam. Badnom boʻlmoq. Badnom qilmoq.
- Yomon odamlarning soʻziga quloq solib, bunday nohaq gaplarni gapirmagin! Qiz bolaya! Badnom boʻlib qolsa, nima boʻladi?! — dedi Qudratjonga buvisi. — Mirmuhsin — Umid.
- Maorif mudiriga arz qilsam, allaqachon meni badnom qilib qoʻygan ekan, gapimni inobatga olishmadi. — S.Ahmad — Ufq.
- Boʻtani tezroq badnom qilaylik desangiz, hozir cholga bosib-bosib ichirasiz. — S.Ahmad — Hukm.
Etymology
fors. – yomon nom
Source: Wiktionary
Views: 0