Explanatory dictionary
bahor
баҳор
Meanings
- Yildagi toʻrt faslning biri, qishdan keyingi, yozdan oldingi fasl; koʻklam (yilning mart, aprel, may oylariga toʻgʻri keladi).
- Har narsaning (umrning, hayotning) yashnagan, kamolga yetgan payti, shunday chogʻlar ramzi.
- Umrning maʼlum qismi, muddati, yoshi.
- Quvonch, shodlik, baxt.
- Sevgi, muhabbat; umid.
- Sevgili, maʼshuqa, goʻzal yor.
- Bahor (xotin-qizlar ismi).
Examples
- Erta bahor. Bahor quyoshi. Bahor shamoli. Daryo suvini bahor toshiradi, Odam qadrini mehnat oshiradi. Maqol. n
- U [Gulnor] bukun shod, bahor uning nashasiga nashʼa, goʻzal-ligiga goʻzallik qoʻshgan. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Bahor joy tanlamas ekan. U. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
- Umr bahori. Hayot bahori. Sevgi bahori. Yaxshi xotin — hamisha bahor.Maqol. v
- Shu yerdadirmardlik, jasorat, Shu yerdadirhayot bahori. Yo. Mirzo, Oʻgʻil mehri.
- Axir yoshimiz ketyapti, umr bahorimiz oʻtib, kuzimiz yaqinlashib kelyapti, Hayotxon! M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
- Gʻulomjonning koʻnglida yayragan quvonch bahori koʻzlarida javlon urdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Bizning Narzimiz oʻzining yigirmanchi bahorini xuddi shu Moldaviya yerida qarshi oldi. N. Safarov, Olovli izlar.
- Baxtli qizim, men oʻylab boqsam, Ikki bahor koʻribdi yoshing. Yo. Mirzo, Oʻgʻil mehri.
- Ishqingda men bahorlar topdim, Bahor ichra nahorlar topdim. H. Olimjon.
- Sizda boʻlgan umid, ishonchlar, Kunlar kelar, yaratar bahor. Gʻayratiy.
- Kimningdir koʻnglida bahor gulladi. Kimdir kimgadir intizor boʻldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
- Gullagan bahorim, seni sevaman. U. Ismoilov, Saylanma.
- Soʻldimikan gul chechakli bahorim, Ham qishimdan, ham yozimdan ayrildim. "Nurali".
- Xazon etmoqchi boʻlmish, ajratib fasli bahorimdan. "Guldasta".
Etymology
f. — koʻklam fasli
Source: Wiktionary
Views: 0