Explanatory dictionary
bahuzur
баҳузур
Meanings
- Xotirjam holda, oʻngʻaysizlik sezmasdan, tashvishdan xoli holda, shoshilmasdan, bamaylixotir; bemalol.
- Hech qanday qiyinchiliksiz; bemalol.
- kesim vazifasida. Bemalol, ruxsat; mayli.
- Oʻziga bahuzur; Hech narsadan muhtojligi yoʻq, oʻziga toʻq.
Examples
- Bahuzur yoyilib oʻtiraveringlar. Dalada yoz pallasida yoyilib oʻtirish rohat, — dedi mehmonlarga murojaat qilib boy. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Bu odamlar.. dunyoni suv bossa, toʻpigʻiga chiqmaydigan, bahuzur yonboshlab yotib.. bamaylixotir, huzur qilib kulishar edi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Bu ishni u bahuzur bajaradi.
- Men oʻziga toʻq odamning bolasiman, otamning topgani, oʻzimning dehqonchilikdan topganim bitta qornimga bahuzur yetadi. — M. Ismoiliy — Fargʻona t.o.
- Ora uzoq boʻlsa ham, [Maston kampirning] erkakcha ovozi Gʻulomjonga bahuzur yetib keldi. — M. Ismoiliy — Fargʻona t.o.
- Chekishga qarshilik qilmaysizlarimi? Bahuzur. — Oydin — Suhbati jonon.
- U oʻziga bahuzur odam.
Etymology
[ba.. + a. - ishtirok etish; kelish, koʻrinish]
Source: Wiktionary
Views: 0