Explanatory dictionary
baland
баланд
Meanings
- Pastdan yuqoriga tomon oʻlchami uzun; qadsi, boʻyi uzun; novcha.
- Yer yuzasidan yoki boshqa biror sathdan, nuqtadan yuqorida joylashgan.
- Kuch darajasi belgilangan meʼyordan ortiq, kuchli; yuqori.
- Baʼzi belgi, xususiyatlarning ortiq, yuqori darajadaligini ifodalaydi.
- Yer sathiga nisbatan yuqorida joylashgan nuqta; tepalik.
- Qadr-qimmatli, eʼzozli, yuqori.
- Unumli, samarali; moʻl, kup.
- Baland kelmoq 1) ustun kelmoq, gʻolib chiqmoq.
Examples
- Bsshnd minora. Baland devor. Baland tom. Boʻyi baland. Baland togʻ. n Ikki yogʻi baland togʻ — piyoda yursa, oyogʻi kuyadi. "Nurali".
- Mashina bir baland tepa-ning orqasiga oʻtib toʻxtadi. S. Anorboyev, Hamsuhbatlar.
- Baland ostona. Baland tokcha. Toshkent dengiz sathidan 480 metr baland, tsh Hovuzdan yigirma qadamcha narida yerdan odam boʻyi baland koʻtarib solingan kattagina shiypon. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Baland bosim. Baland harorat. Baland ovoz. n Isitmasi baland, bosinqirayapti. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Yangasi ovozini baland koʻtarib shangʻilladi. M. Hazratqulov, Jurʼat.
- Xotin ovozini baland chiqazishga qoʻni-qoʻshnidan andisha qilardi. S. Ahmad, Ufq.
- Kulgi balandroq koʻtar&1di. A. Muxtor, Opa-singillar.
- Qishloq qizining gʻururi baland boʻladi. "Yoshlik".
- Mehnatdir tuproqdan bizni koʻtarib, Aziz boshimizni qilolgan baland. F. Gʻulom. B&shnd martabali mehmon yonboshlab sigara chekar, boshqalar kamtarlik bilan choʻkka tushib oʻtirardi. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.
- Arslon aka kranlar gurillagan balanddan tushib, atrofga qa-radi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar.
- Bu soʻzni eshitib oyim Margʻumon, Zina bilan tushib keldi balanddan. "Nurali".
- Parisan, uchar-san, albatta koʻkka, Qirq gazdan yuqori balandga uchma. "Gulshanbogʻ".
- Balandda, yul-duzli koʻkda, qayoqqadir samolyotlar uchib oʻtdi. Oybek, Quyosh qoraymas.
- Otaoʻgʻli boʻlsang, ota nomin baland tut. Maqol. n Mijgʻov va past, gʻiybat gaplardan Jajji sheʼrim qoʻyurman bashnd. A. Oripov.
- Agar suv olib kelinsa, ming yillardan beri chorva qiylari qatlam-qapishm boʻlib ketgan bu joyda paxtadan eng baland hosil olsa boʻladi. S. Ahmad, Jimjitlik.
- -Ogʻzingizga qarabgapiring, gʻiybat qilib nima qildik? — Obidov baland kel-moqchi boʻlib boʻynini choʻzdi. S. Zunnunova, Olov.
- Er baland keldi, choynakni chil-chil sindirdi. Gazetadan; 2) bir-biridan oshib tushmoq, bir-biridan oʻzmoq, past kelmas-lik.
- Hay-hay.. bolalarim, bittang baland kelganda, bittang past boʻlsang-ku, olam guliston. I. Ahmedov, O. Tolipov, Kim ayb-dor? Baland oxurdan suv ichgan q. oxur. Balanddan kelmoq 1) oʻzini katta olib ga-pirmoq, katta ketmoq; 2) katta, yuqori narx qoʻymoq, meʼyoridan oshirib yubormoq.
- Buncha balanddan kelmang, past tushing. Sotasizmi axir, olaylik (Savdolashishda). Dimogʻi (yoki tumshugʻi) baland q. dimogʻ. Kibr-havosi baland Juda ham oʻziga ishongan, takabbur. Qoʻli baland 1) omadli, ishi yirik, omadi kelgan.
- Bu yil moʻl hosil olsak, qoʻlimiz baland boʻlishini unutmang, azizim. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli; 2) gʻolib kelgan, ustun chiqqan.
- Ammo sugʻdiy-larning qoʻli baland kelib turgan bir payt-da gʻanim tomon Maroqanddan bir tuman miqdorida qoʻshimcha madad oldim. "OʻzME".
Etymology
f. l', I. — yuqori
Source: Wiktionary
Views: 0