Explanatory dictionary
barham
барҳам
Meanings
- Barham bermoq Yoʻq qilmoq, tugatmoq; xarob qilmoq; toʻxtatmoq.
- Barham yemoq (yoki topmoq) Yoʻq boʻlmoq; tugamoq, toʻxtamoq.
Examples
- Amir Temur sarbadorlar harakatiga barham bergandan keyin, bu harakatga aloqador odamlar har tomonga tarqab ketgan. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- ..yovuzlikka barham berish uchun ozmuncha qurbonlar bermadikmi biz! — N. Safarov — Olovli izlar.
- Ista, qismatimga oʻzing ber barham, Ista, yaxshi kunda nomim qilgil yod. — A. Oripov. —
- Koʻzlaridagi avvalgi hurkovuchligi, tortinchoqligi barham yegan. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Istar edi jafokash inson: ..Barham topsa qullik, kishan, gʻam. — Uygʻun. —
Etymology
[ fors. – chigal, aralash; parokanda ]
Source: Wiktionary
Views: 0