Explanatory dictionary
bay
бай
Meanings
- Savdo muomalalarida, ishga yollash va yollanishda har ikki tomonning oʻzaro kelishuvi.
- Bay ochmoq Birinchi xaridorga mol sotib, savdoni boshlamoq.
- Bay puli Savdoda yoki ishga yollash-yollanishda oʻzaro kelishuvni mustahkamlash maqsadida toʻlanadigan pulning oldindan beriladigan qismi.
- Bayida shunday edi Shunday kelishilgan edi.
- Bay qilmoq Savdo qilmoq; kelishmoq.
Examples
- Savdogar kulimsiragan holda bay pulini berib joʻnagandan soʻng, savdo ustida hozir boʻlgan Isxoq soʻfi oʻzicha barmoqlari bilan hisob yurgizib qaraydi-da, domlaga tomon boshini chayqab kuladi. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
- Mardonboyga savdo qilib olish, bay puli berish uchun vakolat berib.. yuborildi. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
- Axir boshda bay qilgan edik-ku, har zamonda bir yolgʻon gapiraman deb. — Gʻ. Gʻulom — Shum bola.
Etymology
arab. – savdolashish, sotish, kelishish
Source: Wiktionary
Views: 0