Explanatory dictionary
bayram
байрам
Meanings
- Tarixiy, madaniy-maʼnaviy anʼanalarga koʻra rasmiy yoki norasmiy ravishda uyushtiriladigan umumxalq shodiyo-nasi kuni, tantana kuni.
- Biror-bir munosabat bilan oʻyin-kulgi ishtirokida tantanali ravishda oʻt-kaziladigan tadbir.
- Vaqtichogʻlik, xursandlik; baxt, omad.
Examples
- Mustaqillik bayrami. Navroʻz bayrami. Gʻalaba bayrami. Yangi yil bayrami. m Yangi yil bayrami.. dilimizga yaqin, hammaga birday quvonchu farah baxsh etadigan, yorqin tuygʻularni uygʻotadigan qupiugʻ ayyom! "Saodat".
- Bugungi Navroʻz bayrami barcha-barchaga yangi baxt, ulkan zafarlar keltiradi. — Gazetadan
- Men bayramlarni juda-juda sevar, juda-juda orziqib kutardim. "Yoshlik".
- Oilaviy bayram. Archa bayrami. Sport bayrami. Sheriyat bayrami.
- Vakillarimiz sanʼat bayramiga jiddiy tayyorgarlik bilan keldilar. — Gazetadan
- Joni sogʻga kunda bayram, Kunda toʻy. Maqol.
- Eshakning oʻlimi — itning bayrami. Maqol. n
- Uning [ayolning] borligining oʻzi — jamiyatning bayrami. — Gazetadan
- Sanʼat bayrami. Paxta bayrami. Bolalar archa bayramidan uylariga xursand boʻlib qaytadilar. n Paxta bayramini yor-joʻralar bilan Guliston rayonida oʻtkazdik. A. Qahhor, Ming bir jon.
Etymology
((OʻTEL|I|BAYRAM 'tantana, shodlik bilan oʻtkaziladigan kun’, 'muborak kun’. Qizim universitetni bitirgan kun oilamizda bayramga aylanib ketdi. Bu ot asli qadimgi turkiy tildagi ’yoyil-’, ’yayra-’ maʼnosini anglatgan baż- feʼlining bay- shakliga (ЭСТЯ, II, 35) -(ï)r orttirma qoʻshimchasini va kuchaytirish maʼnosini ifodalovchi -a qoʻshimchasini qoʻshib hosil qilingan shaklidan -m qoʻshimchasi bilan yasalgan; keyinchalik ik-kinchi boʻgʻindagi tor unli talaffuz qilinmay qoʻigan; oʻzbek tilida a unlilari ä unlilariga almashgan: ([(baż-> bay-) + ïr = bayïr-] + a = bayïra-) + m = bayïram > bayram > bäyräm. Mahmud Koshgʻariy bu soʻzning asli bażram tarzida talaffuz qilinishini, oʻgʻizlar ż undo-shini y undoshiga almashtirib, bayram deb talaffuz qilishini maxsus taʼkidlagan (Devon, I, 447; III, 191).))
Source: Wiktionary
Views: 0