Explanatory dictionary
bayroq
байроқ
Meanings
- Yogʻoch yoki metall dastaga, sim yoki chilvirga mahkamlangan, bir yoki bir necha rangli, davlat, tashkilot, uyushma, harbiy qism larga qarashlilikni ifodalovchi gerb, emblema va boshqa ramziy belgilar, bezaklar tasviri tushirilgan muayyan oʻlchamdagi mato; alam, yalov; tugʻ.
- Maqsad, gʻoya, yoʻl.
- maxe. Oʻzbek kulolchiligida keng qoʻl-lanadigan, bayroqqa oʻxshash bezak.
Examples
- Davlat bayrogʻi.
- Diviziya bayrogʻi.
- Koʻchma bayroq.
- Bayroq oʻrnatmoq. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabr va 1992 yil 3 iyulda boʻlib oʻtgan sessiyalarida Respublika Davlat bayrogʻi, Respublika Davlat gerbi tasdiqlandi. "Oʻzbekiston Respublikasi".
- Birdan uning koʻzi bayroq koʻtarib turgan bir toʻda paranjili xotinlarning suratiga tushdi. S. Zunnunova, Olov.
- Tinchlik bayrogʻi. Ozodlik bayrogʻi, Mustaqillik bayrogʻi. Adolat bayrogʻi. yat Buyuk orzu qovushtirgay xalqlar boshini, Buyuk orzu adolatni aylagay bayroq! "Yoshlik". Yosh oybeklar bayrogʻini Koʻtaraylik balandga. Doʻstim, jonni baxsh etaylik Faqat ona-Vatanga. A. Oripov.
- Sopol idishlarning chetlaridagi hoshiyaning baʼzi turi ham bayroq deyiladi. "OʻzME".
Etymology
((OʻTEL|I|BAYROQ maʼlum rangda tayyorlanib, maxsus ramziy belgilar tushirilgan mato. Birlashgan Millatlar Tashkiloti binosi oldida Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi hilpirab turadi. Bu ot asli qadimgi turkiy tildagi ’yoyil-’ maʼnosini anglatgan baż feʼlining bay shakliga (ЭСТЯ, II, 35) -(ï)r orttirma qoʻshimchasini va kuchaytirish maʼnosini ifodalovchi -a qoʻshimchasini qoʻshib hosil qilingan shaklidan —q qoʻshimchasi bilan yasalgan (ЭСТЯ, II, 34; Devon, II, 239; III, 199); keyinchalik ikkinchi boʻgʻindagi tor unli talaffuz qilinmay qoʻyilgan; oʻzbek tilida birinchi a unlisi ä unlisiga, q undoshi oldidagi a unlisi â unlisiga almashgan: ([(baż- > bay-) + ïr = bayïr-] + a = bayïra-) + q = bayïraq > bayraq > bäyrâq.))
Source: Wiktionary
Views: 0