Explanatory dictionary
bekitiqcha
бекитиқча
Meanings
- Kishi (oʻzgalar) bilmaydigan qilib, boshqalardan yashirib; yashirin, pinhona.
Examples
- Qizning fe’li-atvorini, yurish-turishini ochiq va bekitiqcha.. uzoq ta’qib etdi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Bu kishi endi "xudojoʻy" boʻlib qoldilar. Besh vaqt bekitiqcha namoz oʻqiydilar. — Oʻtkir Hoshimov — Ikki eshik orasi
- Hasan choyxonachi hind choyini haliyam bekitiqcha sotar ekan-da. — Xayriddin Sultonov — Onamning yurti
- Hozir esa, boshqalar nazarida, yigit bekitiqcha ravishda bularni [ayollarni] poylab turgandek boʻldi. — Habib Nuʼmon va Ahmad Shorahmedov — Ota
Source: Wiktionary
Views: 0