Explanatory dictionary
bekor
бекор
Meanings
- Ishdan xoli, ishi yoʻq; boʻsh, ishsiz, beish.
- Bekor boʻlmoq 1) amal-vazifadan tushmoq; ishdan boʻshamoq; 2) kuchini yoʻqotmoq.
- Behuda, befoyda; oʻrinsiz, chakki.
- Bekor aytibsiz Chakki aytibsiz, ayt-masangiz ham boʻlardi.
- kesim vazifasida. Yolgʻon, notoʻgʻri; foydasiz.
Examples
- Bekor turguncha, bekor ishla. Maqol.
- Bekordan hamma bezor. Maqol. a
- Hasanali] O'zi kun uyida bekor zerikkanlikdan, Hojiga aytib, bir-muncha dastmoya bilan guzardan baqqollik doʻkoni ochgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Bu qonun yangi iildan bekor boʻladi; 3) yaramaydigan, arzimaydigan, foydasiz boʻlib qolmoq.
- Bekor boʻldi iqtidorim, bekor boʻldi yuragim, Bekor boʻldi sheriyatim u goʻzalning qoshida. A. Oripov. Bekor qilmoq 1) ishdan boʻshatmoq, ozod qilmoq.
- Gap yana Boʻtaboy toʻgʻrisida, — dedi Bektemirov, — uni vaqtincha raislikdan bekor qilgan edik. S. Ahmad, Hukm; 2) amaldan, kuchdan qoldirmoq.
- Qarorni bekor qilmoq; 3) behuda ovora boʻlmoq.
- Bekor gap! Oʻlimdan xabarim bor, bu gapdan xabarim yoʻq. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar.
- Vali aka.. keyin bosigʻi bilan gapirdi: -Bekor xafa boʻlasiz, oʻzingiz oʻylab koʻring axir. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- - Bu gapni bekor boshlab qoʻyibman, — deb achindi Qudrat. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqpar.
- Mening kelganimni unga bekor aytibsiz. Bekor ketdi Behuda ketdi, zoye boʻldi; foydasi boʻlmadi.
- Halol mehnat bekor ketmaydi. n Hasan soʻfi bilan Alim buva: Unga tushuntirsak, zora .. "Xalq mehnati bekor ketmasin, xalq behuda jabr koʻrmasin", deb xalqqa achinar, shafqat qilar, deb kelgan edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Uzoq mashqlar bekor ketmagan ekan. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
- Bir yildan beri yarali qalbida ardoqlagani, jamoa meni bir koʻrsam deb zoru intizor boʻlgani bekor, bekor!M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.
- Yigʻlamagin, aslo qoʻrqma, Ahmadjon, Hamma soʻz bekordir, Xudoydan boʻldi. "Yusuf va Ahmad".
Etymology
f. ~ ishsiz
Source: Wiktionary
Views: 0