Explanatory dictionary
belanmoq
беланмоқ
Meanings
- Belamoq I fl. majh. n.
- Belamoq II1 fl. majh. n.
- Qoplanmoq, chulgʻanmoq, toʻlmoq.
- Kiyinmoq; oʻranmoq, koʻmilmoq. ..
Examples
- Noiloj bola yana beshikka belandi. Gʻ. Rasul, Toʻngʻich oʻgʻil.
- Bola onasiga koʻzi tushishi bilan, belangan oyoq-qoʻlini pitillatgancha boʻshatishga urindi. "Yoshlik".
- Qonga belanmoq. Loyga belanmoq. Changga belanmoq. Moyga belanmoq. m Chol qora qonga belanib, yerga chalpak boʻlib tushdi. K. Yashin, Hamza.
- Endi u changga belanib, tuproqqa botib yurgan goʻdak emasdi. M. Hazratqulov, Jurʼat.
- Balchiqqa belangan qoʻllarida bir dasta boychechak silkinib-silkinib kelar edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
- Katta binolar peshtoqida son-sanoqsiz lampochkalar marjoni porladi, archalar nurga belandi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
- Osmon samoviy nurlarga belanib, muzayyan boʻldi. "Sharq yulduzi".
- muqarriblar kimxoblarga, xitoyi shohilarga belanib kirishdi. Oybek, Navoiy.
- Oqqa muncha belanibdi u odam? H. Olimjon.
Source: Wiktionary
Views: 0