Explanatory dictionary
beri
бери
Meanings
- koʻm. (ch.k. bilan) Harakatning bosh-lanish paytidan boshlab, buyon; maʼlum vaqt davomida, mobaynida.
- Beri qaramoq Tuzalish, yaxshilanish tomoniga oʻtmoq, yaxshilanmoq (bemorning ahvoli haqida).
Examples
- -Beri kel, qizim! - qoʻli bilan imladi kulib. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Kechadan beri. Yaqindan beri. Anchadan (koʻpdan) beri. Ashisoqdan beri, yat
- Asqar akaning dami ichiga tushib ketdi. Shu sabab, mana kechadan beri qovogʻi ochil-maydi. N. Fozilov, Qissalar.
- Elmurod ertalabdan beri non-choydan boʻlak hech narsa yemaganlikdan koʻngli ozganini sezdi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Institutga kirgandan beri Kozimjon orqasidan soyadek ergashib yuribdi. T. Ashurov, Oq ot.
- Taxminan uch yildan beri shu ishni qilaman. S. Ahmad, Yulduz.
- Bemorning ahvoli sal beri qaradi. Iigʻlamoqdan beri boʻlmoq Yigʻ-lagudek boʻlmoq.
- Otam tayyorlagan uzan-gilarini bozorda ertadan kechgacha sargʻayib koʻtarib yurib, coma olmasdan, hovliga qoʻllari quruq (holda) yigʻlamoqdan beri boʻlib qaytar edilar. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari. Nari olib borib, beri olib kelmoq q. nari.
- Bir tomonda Zulfiqor, bir tomonda Xudodbek — bir-biriga mutlaqo oʻxshamagan ikki yigit uning xayolini nari olib borib, beri olib kelardi. Mirmuhsin, Meʼmor.
- "Nari yot, beri yot" bilan bir-birlarini itarib, surib, koʻrpani toʻrt tomonga tortishib janjallasha boshladilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
Etymology
1 Soʻzlovchiga, shuningdek, soʻz borayotgan payt yoki oʻringa yaqin. Hechqisi yoʻq, bir kun nari, bir kun beri, n [Qizlar
Source: Wiktionary
Views: 0