Explanatory dictionary
bexabar
бехабар
Meanings
- Xabardor boʻlmagan, voqif boʻlmagan, xabari yoʻq; xabarsiz.
- Maʼlumoti yoʻq, bilimi yoʻq.
- Duch kelinadigan narsa, voqea-hodi-sadan xabari boʻlmasdan turib, xabari boʻlmagan holda, bilmasdan, birdan.
- Xudo(dan) bexabar Xudo bor deb oʻyla-maydigan; xudodan qoʻrqmaydigan, insofsiz.
Examples
- Bexabar qolmoq. a Hayotxon bundan bexabar edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Uchqun oyisining boshiga tushgan musibatdan bexabar. H. Gʻulom, Mashʼal.
- Gʻam bshshn sar-gʻaydi guldayin diydor, Bu ishlardan menday joʻrang bexabar. "Malikai ayyor".
- Ada-biyotdan bexabar kishi, n ..baʼzan biz oʻz ijodimizdan toʻrtta-beshta kitob oʻqigan, dunyo adabiyotidan bexabar, mahalla saviya-sidagi ogʻaynilarimizning didi bilan quvo-namiz. Shukrullo, Saylanma.
- Chiqib qoldi oʻzi bexabar, Tashlagandi qiya shol roʻmol. Mirtemir, Asarlar.
- Banda bexato boʻlmas, boyvachcha, bexabar xonadoningizga kirib qolibman! A. Qodiriy, Kichik asarlar.
- Qarisang ham, sen shumlikni oʻylaysan, Xudo-dan bexabar, qoʻygin, yotaylik. "Nurali".
Etymology
be.. + xabar
Source: Wiktionary
Views: 0