Explanatory dictionary
bibi
биби
Meanings
- Onaning yoki otaning onasi; buvi (nabiraga nisbatan).
- Hurmat yuzasidan, odatda keksa ayollar ismiga qoʻshib ishlatiladi, maye.
- Xotin-qizlar ismining old yoki orqa qismida kelib, qoʻshma ismlarni hosil qiladi:
- Bibi Seshanba etn. Ip yigiruvchi xo-tinlarning muqadsas sanalgan afsonaviy homiysi (piri) boʻlib, taqvodor xotinlar uning sharafiga seshanba kunlari maxsus marosim oʻtkazadi. [
Examples
- Tanglayim koʻtargan bibim bechora Kim edi, bilmayman, oʻlgandir, esiz. Gʻ. Gʻulom.
- Mehri bibi, Xayri bibi. ■■ Tong otar-otmas Sidqiy hovlisiga ikki yon qoʻshni — Zaynab bibi bilan Hamida xonim — rangi oqarib kirib kelishdi. Mirmuhsin, Chodrali ayol.
- Jahon bibi Zubaydaning koʻnglini olib, onasining ahvolini soʻradi. K. Yashin, Hamza.
- Bibigul, Bibiniso, Bibinor, Bibi-sanam; Davlatbibi, Kenjabibi, Kimsan-bibi. n [Ioʻlchi] Singlisi bilan birga, mumkin boʻlsa, uning [Gulnorning] onasi Gulsumbibini ham aravaga solib, qishloqqa olib borishni istaganini aytdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Xoljon xola] Har ikki haftada Bibi Seshanba onaning dastur-xonini yozib, "mushkulkushod", chiltonlarga atab shavla qiladi. Gʻayratiy, Dovdirash.
- "Bibi Seshanba", "mushkulkushod" kabi marosim, urf-odatlarni bilishga Hamzaning oʻzi ham juda qiziqar.. edi. K. Yashin, Hamza.
Source: Wiktionary
Views: 0