Explanatory dictionary
bir
бир
Meanings
- snq. son 1 1 raqami va shu raqam bilan ifodalangan eng kichik son, miqdor.
- Bir pul q. pul.
- Hisob, miqdor, oʻlcham, chama maʼno-larini anglatuvchi soʻzlar bilan kelib, predmetlarning mikdori, oʻlchamini ang-latadi.
- Baʼzi otlardan oldin kelib, no-aniqlik tushunchasini ifodalaydi va "qandaydir", "allaqanday", "allaqaysi" kabi maʼnolarni bildirib keladi.
- Bir kun 1) quyosh chiqqandan quyosh bot-guncha (12 soat) yoki quyosh chiqqandan ertasi quyosh chiqquncha (24 soat) boʻlgan vaqt.
- Feʼllar oldidan kelib, feʼldan ang-lashiluvchi ish-harakatning bir marta bajarilishi yoki yuz berishini ifodalaydi.
- Belgi-xususiyat ifodalovchi soʻzlar oldidan kelib, oʻsha soʻz maʼnosining ku-chayishiga xizmat qiladi.
- Ajratish, taʼkidlab koʻrsatish uchun xizmat qiladi.
- Kesim vazifasida kelganda, bir-damlik, umumiylik yoki bir xillik, ux-shashlik maʼnolarini ifodalaydi.
- Bari bir q. bari.
- Baʼzi otlar bilan qoʻllanganda, "shunday", "shunaqa" soʻzlariga teng kelib, boʻrt-tirish maʼnosini anglatadi.
- Qoʻshma soʻzlar tarkibida kelib, turli xil maʼnolarni ifodalaydi: maye.,
- Ayiruvchi bogʻlovchi vazifasida kelib, gapning uyushgan boʻlaklarini yoki qoʻshma gap qismlarini bogʻlashga xizmat qiladi.
- Bir bor ekan, bir yoʻq ekan Uzbek xalq ertaklariningboshlanish iborasi. Bir boʻlsa krsh s. Ehtimol; ajab emas.
Examples
- Bir kam qirq. Oʻndan bir. Biru bir — ikki. Yaxshi otga — bir qamchi, yomon otga — ming qamchi. Maqol. n
- Yetti qiz bir onaning bolasiday ahil turishardi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar.
- Mana endi arzimagan koʻngilochar ov deb ekspeditsiyaning bir oylik toat-ibodati bir pul boʻldi. M. Mansurov, Yombi.
- Birjuft. Bir metr. Birhafta. Bir tanob. Bir yil. Bir minut. Bir oʻram. Bir toʻda. Bir soat. Bir asr. Bir burda. Bir dasta. m Bir oydan beri tutolmaymiz. S. Ahmad, Yulduz.
- Bir zum ikkilanib turdi. T. Ashurov, Oq ot.
- Qoraboy bir hafta ishga chiqmadi. T. Ashurov, Oq ot.
- Unga bir dasta gul uzatib, oʻtib ketdi. S. Ahmad, Ufq.
- Bir hafta deganda koʻzini ochdi. T. Ashurov, Oq ot.
- Tiniq osmonda bir juft laylak beozor suzadi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar.
- Odam dunyoga bir marta keladi. T. Ashurov, Oq ot.
- Sizni bir odam soʻrab kelgan edi. v Uning koʻkragini bir nima chuqur ezdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Shu chogʻbir xotin bir boʻlak non olib kirdi. Gʻayratiy, Unutilmas kunlar.
- Hido-yatxonni bir narsa chaqqan ekan, shoshilib keldilar-da, eshikni berklab oldilar. Hamza.
- Mahvash oʻshanda oʻrtoqlari bilan bir toʻyga borgandi. T. Ashurov, Oq ot.
- Yoʻq, hov-liqmangiz, bunda foydali bir sir bor! A. Qodiriy, Gʻirvonlik Mallavoy.
- ..oʻq tekkan oyogʻini bir xotin oq doka bilan bogʻlamoqda edi. Gʻayratiy, Unutilmas kunlar.
- Uyni ozoda qilishga rosa bir kun ketdi. Bir kun bir yilni boqadi. Maqol; 2) kunlarning birida, allaqaysi kuni.
- Bir kun(i) biz boqqa chiqqan edik. yat
- Bir kun ahvolini bilay, deb uyiga telefon qildim. Shukrullo, Saylanma.
- Bir kuni Arslon xotini ishdan qaytguncha oʻtin yorib qoʻymoqchi boʻldi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar. Kunlardan bir kun Oʻtgan kunlarning birida.
- Kunlardan bir kun koʻpni koʻrgan, jahon kezgan ogʻaynilarimdan biri uyimga kelib qoldi. Shukrullo, Saylanma.
- Odam dunyoga bir keladi. Yetti oʻlchab, bir kes. Maqol.
- Bir sinalgan yomonni qayta-qayta sinama. Maqol.
- sht Unga mahliyo boʻlib ti-kilib turgan xotinning kipriklari bir silkindi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar.
- -Biz endi seni turli-turli balolarga solamiz, buni bir bil! — deb musht doʻlaydilar. A. Qodiriy, Gʻirvonlik Mallavoy.
- Toʻmtoq qoshlari, chaqnagan koʻzlari bir koʻrganni dovdiratib qoʻyardi. S. Ahmad, Yulduz.
- Oʻgʻli bir yaxshi yigit ekan, bir kelishgan, chiroyliki.. m Boya
- Shahnoza degan bir qaqajon qiz gazetami yulib olib oʻqidi. S. Siyoyev, Yorugʻlik.
- Hamma rozi boʻldi, bir men rozi boʻlmadim. Bu ishni bir oʻzi bajardi. Uyda bir oʻzim qoldim. Kamtarlik ham bir xislat. Maqol. m
- Bu bir ibrat. A. Qahhor, Oltin yulduz.
- Vali aka oʻgʻliga bir otagina boʻlib qolmay, uning eng yaqin hamdardi ham edi. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.
- Shuni bir bilib qoʻyginki, Xonzoda tirik ekan, yeyenlarga kun yoʻq. Hamza, Boy ila xizmatchi.
- Ularning hammasi bir. Bizning yo'shimiz bir. Bizning soʻzimiz bilan ishimiz bir. Kemaga tush-ganning joni bir. Maqol.
- Bari bir yotib yotolmadi, oʻtiriboʻtirolmadi. S. Ahmad, Yulduz.
- -Bari bir yetishmaydi, — deydi Mulla Obid. Bir boʻlmoq 1) birlashmoq, bir jon, bir tan boʻlmoq.
- Koʻp ogʻiz bir boʻlsa, bir ogʻiz yengshshr. Maqol; 2) bir xil boʻlmoq; oʻzaro muvofiq, moye boʻlmoq.
- Odamning dwiu bshshn tshsh bir boʻlsin. Maqol. Bir qilmoq Birlashtirmoq. Gapni bir qilmoq 1) bir marta gapirmoq, bir gapirib, masalani uzil-kesil hal qilmoq; 2) gapni bir yerga qoʻymoq, kelishmoq, bitishmoq.
- Bir imorat qurayki, barchaning ogʻzi ochilib qolsin. Bir oʻynab berayki, hamma qoyil qolsin. n Bir oʻlkaki, tuprogʻida oltin gullaydi. H. Olim-jon, Oʻlka.
- bir vaqt, bir mahal, bir muncha, bir oz, bir qancha, baʼzi bir, har bir, hech bir, bir asosli, bir jinash. m Abdujash! boynikidagi ziyofatni Mulla Obid bir muncha taajjub ichida oʻtkazdi. A. Qodiriy, Obid ketmon.
- Bir ozdan keyin u kiyinib olib, yoʻlga otlandi. A. Obidjon, Akang qaragʻay Gulmat.
- Bir unday boʻladi, bir munday boʻladi. Bir kat-taning gapiga kir, bir — kichikning. Maqol.
- Bu gapga chindan ishongan Nilufar taaj-jublanib, bir akasiga, bir mushukka qaradi. S. Ahmad, Yulduz.
- Hojiya, bir boʻlsa, doktorga ketdi. A. Muxtor, Opa-singillar. Biri ikki boʻlmaydi Roʻzgʻoriga, topgan-tut-ganiga baraka kirmaydi, muhtojlikdan chiq-maydi.
- Kudratli qanotingiz ostida birim ikki boʻlishini umid qshib keldim. Sh. Ra-shidov, Boʻrondan kuchli. Birini olib, biriga uradigan salb. Ikkalasi bir xil, bir-biridan yaxshi emas, bir-biridan qolishmaydi. Birini ikkiga olmoq Ikki baravar qimmatga olmoq. Bir kun emas bir kun ayn. birda emas, birda q. birda. Bir soʻzni ikki qilmoq Kimsaning soʻzini, gapini yerda qoldirmoq, bir aytgandayoq bajarmay, takror aytishga majbur qilmoq.
- Oʻrinboy bir soʻzni ikki qshgmay, xayol surib chiqib ketdi, rais uning ortidan iljayib qoldi. Oydin, Oʻzi monand.
- Mahvash bir ajoyib gap aytdi. T. Ashurov, Oq ot.
- n Umri bir oqardi, bir qizardi-yu, meni quchoqlab yigʻladi. A. Qahhor, Xotinlar.
Source: Wiktionary
Views: 0