Explanatory dictionary
birlik
бирлик
Meanings
- Bir yoqadan bosh chiqarib birlashganlik; hamjihatlik, yakdillik.
- Bir butunlik; umumiylik, mushtarak-lik. Oyimxon bilan uni [Elmurodni] sami-miyat, ochiqlik, niyat-tilak birligi mahkam bogʻlar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi. Insonni kuchli qiladigan, uni bezaydigan narsa — maqsadi, toʻgʻrirogʻi, maqsadlar birligi! X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati. Bola tarbiyasida maktab bilan oila oʻrta-sida maqsad birligi boʻlishi lozim. Gazetadan.
- Sanash, oʻlchash, hisoblash, qiyos qilish uchun mezon sifatida qabul qilingan kattalik.
- tlsh. Til sathlarining lisoniy kate-goriyalari.
- Birlik kategoriyasi Shaxe yoki predmet-ning bittaligini bildiruvchi grammatik shakl.
Examples
- Kuch — birlikda. Birlik bor — tiriklik bor. Maqol.
- Hikmat — birlikda. Maqol.
- Oʻlchov birliklari. yaya
- Elektr sigʻimining birliklari. "Fizika kursi".
- Biz yorugʻlik kuchini yoki tovush kuchini oʻlchaymiz, lekin hid kuchini oʻlchaydigan birlik yoʻq. Gazetadan.
- Geokimyo tekshiradigan asosiy birlik — kimyoviy element va uning atomi-dir. A. Ye. Fersman, Qiziqarli geoximiya.
- Til birligi. Lugʻaviy birlik. Frazeologik birlik. Nutqiy birliklar. yash Nutq birligi boʻlgan soʻz, negiz, soʻzning maʼnoli qismlari oʻzgarmaydigan turgʻun hodiyea emas. "OʻTA".
- Frazeologik birlik shoir tomonidan sheʼrning ritm, band, vazn, qofiya kabi vositalari talablariga boʻysundi-rilgan holda ishlatiladi. "OʻTA".
Source: Wiktionary
Views: 0