Explanatory dictionary
birpas
бирпас
Meanings
- Qisqa vaqt, uncha koʻp boʻlmagan fursat; bir oz, sal, ozgina, andak.
- Birpasdan keyin Koʻp vaqt oʻtmay, bir ozdan keyin.
Examples
- Nusratbek mashina ortidan birpas maʼyus tikilib turdi. S. Nurov, Narvoy.
- Mansur tagʻin birpas oʻylanib turdi-yu, indamay chiqib ketdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
- Birpasdan keyin eshik qoqildi. "Guldasta".
- Oʻrtogʻining gaplaridan hang-mang boʻlib qolgan Nodir birpasdan keyin oyisini ogohlantirgani uyga yugurdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina.
Source: Wiktionary
Views: 0