Explanatory dictionary
bor
бор
Meanings
- Qoʻlda, ixtiyorda yoki umuman voqelikda mavjud boʻlgan; mavjud.
- kesim vazifasida. Boʻladi; mavjud.
- Boylikka, davlatga ega boʻlgan; boy, badavlat.
- Qancha boʻlsa - shuncha, hammasi boricha.
- -sh. egalik qo‘shimchasini olgan otlar bilan "biror narsaga ega" maʼnosidagi tarkibli sifat hosil qiladi.
- Ritorik soʻroq gaplarda "aslida yoʻq, mavjud emas, topilmaydi" kabi inkor maʼnolarini ifodalaydi.
Examples
- Bor imkoniyatlardan foydalanmoq.
- Bor kishilar bilan ish boshlamoq.
- Bor mablagʻlarni aniqlamoq.
- Otabek bir oz kuchini yigʻib olgach, hiqildoqni bor kuchi bilan siqa boshladi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Bugun majlis bor.
- Otangiz bormi?
- Koʻngildan koʻngilga yoʻl bor. — Maqol
- Oʻz doʻstim deb sir aytma, Doʻstingning ham doʻsti bor. — Maqol
- Xoʻsh, Sodiq polvon, ishlar qanaqa, Toshkentda nima gaplar bor? — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Inson borki, hammasi orzu-umid, maqsad va niyat bilan yashaydi. — Gazetadan
- Azizaning tikilib turgan koʻzlarida dahshat aralash gʻazab bor. — O‘tkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Qirq oʻgʻilning orasida bir yolgʻiz qiz bor edi. — Usmon baxshi Mamat oʻgʻli — Boʻtakoʻz
- Hali tong otishiga ancha bor. — Said Ahmad — SaylanmaBormisiz yoki Bor ekansiz-ku! - uzoq vaqt koʻrinmay, bedarak boʻlib ketgan kishi kelganda yoki biror kishi koʻngildagidek ish qilganda, unga xitoban, minnatdor ohangda ishlatiladigan ibora.
- Usta Olim keluvchining istiqboli uchun oʻrnidan turdi: -E usta Farfi, keling, keling, bormisiz! - dedi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarBor boʻling! - yashab yuring, oʻlmang (koʻpincha "hormang!" soʻziga javoban ishlatiladi).
- [Davlatyor:] -Hormang, oʻrtoq muallim! Elmurod toʻxtadi: -Ha, bor boʻling, ishlar qalay? — Parda Tursun — O‘qituvchi
- -E, ha, bor boʻling, oyim qiz, - dedi Elmurod, - ishlaringiz qalay, hech koʻrinmaysiz? — Parda Tursun — Oʻqituvchi
- Bor boʻlsang, koʻrolmaydi, yoʻq boʻlsang, berolmaydi. — Maqol
- Bor maqtansa, topilur, yoʻq maqtansa, chopilur. — Maqol
- [Yormat:] Uka, bor-boricha, yoʻq holicha, ishqilib, bir kunimiz oʻtib turibdi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Bor gapni aytib bermoq. Bor borini yeydi, uyatsiz orini yeydi. — "Qanotli soʻzlar"
- Yovvoyi choʻl buyuk kenglikda menga borin ochib tashladi. — I. Rahmon — Yurak qirralariAytganicha (yoki deganicha, maqtanganicha) bor - xuddi aytganidek, shunday deb aytishga (deyishga, maqtashga) arzirli.
- -Toʻybekaning maqtaganicha bormi? -Bor, - dedi qutidor, - ..xudo kishiga oʻgʻil bersa, shundayini bersin-da. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Qosimjon boyvachchaning uylariga koʻp kelaman-da, bilaman. Arslon, arslon deganicha bor. — Abdulla Qahhor — MillatchilarBor boʻyicha - 1) boshidan-oyoq; butun borligicha.
- Bor boʻyicha suratga olmoq; 2) toʻliq ravishda, butunicha.
- Masalani bor boʻyicha qoʻymoq.Boʻlsa bordir - balki shundaydir; ehtimol; shunday boʻlsa ajab emas.
- Kelgan boʻlsa bordir.
- Aytgan boʻlsa bordir.Jon bor - asos bor, toʻgʻri.
- Bu gapingizda jon bor. — Nazir Safarov — Jasoratning davomiShunisi (yoki shunchaligi) ham borki - Shuni ham aytish kerakki.. Shuni ham eʼtiborga olish kerakki..
- Ammo shunisi ham borki, keyingi vaqpiarda Azizbek Qoʻqonning yorliq va farmonlarini iltifotsiz qoldira boshladi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarEs (yoki Aql) borida - vaqtni qoʻldan bermay, oʻz vaqtida.
- Yusufbek hoji:] Hozir sizlarga ikki yoʻl bor: oʻgʻil-qizingni sotib boʻlsa ham, oʻttiz ikki tangani Azizbek xazinasiga toʻlash yoki es borida etakni yopib, Azizbekni oradan koʻtarish. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarQoʻli bor - ishtiroki bor, ishtirok etgan, qatnashgan.
- [Mansur:] Zuhraning yoʻqolishida bu afandining qoʻli bor. Ishi tergovga berilsin. — Ziyo Said, Nazir Safarov — Tarixtilga kirdi
- Puli bor odam.
- Qizi bor uy doim sarishta. — Maqol
- O‘gʻli borning oʻrni bor, Qizi borning qadri bor. — Maqol
- Har bir aqli bor odam qovunga piyoz qoʻshib yeyish notoʻgʻri ekanini bilsa kerak? — Abdulla Qahhor — Munofiq
- Dunyoda toʻgʻri yashab, yurtga xizmat qilib oʻtishdan ortiq baxt bormi inson bolasi uchun? — To‘xtash Ashurov — Oq ot
- Axir, insof, vijdon degan narsa bormi sizda? — Said Ahmad — Yulduz
Source: Wiktionary
Views: 0