Explanatory dictionary
boshqarmoq
бошқармоқ
Meanings
- Korxona, muassasa, tashkilot va sh. k. ishini idora qilmoq, yoʻlga solib turmoq.
- Orkestrni boshqarmoq Orkestrga rahbarlik yoki dirijyorlik qilmoq.
- Yurgizmoq, tebratmoq, olib bormoq (xoʻjalik, roʻzgʻor; davra va shu kabilarni).
- Tegishli moslama va usullardan foy-dalanib harakatga keltirmoq, ishga solmoq, yurgizmoq, haydamoq.
- tlsh. Sintaktik aloqa qonuniyatlariga muvofiq maʼlum kelishik shaklini talab qilmoq.
- folk. Koʻrsatmoq, boshlab bormoq, yetakchilik qilmoq.
- Toʻgʻrilamoq, yoʻnaltirmoq.
Examples
- Zavodni boshqarmoq. n Yirik-yirik qurilishlarni boshqardim. E. Saman-darov, Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq.
- ..uyimni boshqaradigan birdan-bir farzandim — shu qizim. S. Ayniy, Esdaliklar.
- Oila boshligʻi — Zunnunxoʻja, roʻzgʻorni kampir boshqaradi.. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Bugalham oʻtirishni Sayhoniy boshqarardi. "Yoshlik".
- Kemani boshqarmoq. Mashinani boshqarmoq. m Paygamov mashinani oʻychan boshqarib borar.. vijirlab turgan toʻrgʻaylar nagʻmasini eshitmasdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi.
- Oʻtimli feʼllar tushum kelishigini boshqaradi.
- Yoʻl boshqarib, yashov koʻrib boradi, Ergashtirib koʻchgan Qoʻngʻirot ela-tini. "Yodgor".
- Hayallamay yoʻl boshqargin shu zamon, Joʻnab ketsin bundan bolang Rustam-jon. "Murodxon".
- Gʻoʻza ega-tiga suvni boshqarib qoʻyardi-yu, oʻzi paykal-ning etagiga tushib ketardi. "Yoshlik".
- Mustafo tagʻin yumshadi: -Bor, suvingni boshqarib kel. M. M. Doʻst, Galatepa qissalari.
Source: Wiktionary
Views: 0