Explanatory dictionary
boshvoq
бошвоқ
Meanings
- (asli bosh + bogʻ) Chorva mollarining boshiga bogʻlanadigan arqon; noʻxta.
- Boshvoq solmoq Boʻysundirmoq, jilov-lamoq.
Examples
- Sigir oʻgʻirlagan qutuldi, Boshvoq ush-lagan tutildi. Maqol. n Oynisa endi sigirning boshvogʻiga qoʻl choʻzganini biladi, naq boshi ustida allanarsa qattiq gum-burlabketdi. X. Sultonov, Onamning yurti.
- Ha, ogoh boʻlinglar. odamlar, ogoh, Urushga yoʻl qoʻymang, solingiz boshvoq.' Gazetadan. Boshvogʻini yoʻqotib qoʻymoq Oʻzini tuta olmay, bosar-tusarini bilmay qolmoq, hovliqib ketmoq.
- Baʼzi nodon qizlar boshvoqlarini yoʻqotib qoʻyadilar. M. Ismoiliy, Odamiylik qissasi. Boshvogʻi mahkam boʻlmoq Mustahkam, sobit, puxta boʻlmoq. Bo-sadigan qadamingiz, ogʻizdan chiqadigan soʻzingiz boshvogʻi mahkam boʻlsin. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o. Boshvogʻi yoʻq itday Oʻz erkiga tashlab qoʻyilgan, qarovsiz, nazo-ratsiz. Hamma ayb ota-onangda, boshvogʻi yoʻq itday qoʻyib yuborishadi. Q. Kenja, Togʻ yoʻlida bir oqshom.
Source: Wiktionary
Views: 0