Explanatory dictionary
botmon
ботмон
Meanings
- . Oʻrta Osiyoning, shuningdek, Oʻzbekistonning turli yerlarida turli mezonga, salmoqqa ega boʻlgan (ikki puddan oʻn bir pudgacha) ogʻirlik oʻlchov birligi.
- . Taxminan bir gektarga teng sath oʻlchov birligi.
Examples
- Chumchuq semirgani bilan botmon boʻlmas. — Maqol. —
- Bedananing ham oʻziga yarasha botmoni bor. — Maqol. —
- Yetmish botmon toshni koʻtarib otdi. — Intizor. —
- Xudo senga bir botmon kuch bergan-u, bir misqol aqlni ayagan! — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Mavlon akaning meros mahriga tushgan ikki botmon yeri bor. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Shu oʻttiz chaqirimli ariq qazilib bitganda, Namangan va Andijon tumanlaridan ikki ming botmongacha yer sugʻorilar edi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Raisni kasal deb oʻylab, hammang quturib ketding. Qoʻsh hoʻkiz ovora-yu, bir botmon yer haydamaysan. — M.M.Doʻst — Lolazor.
Etymology
fors. – 898,5 ga teng ogʻirlik oʻlchovi
Source: Wiktionary
Views: 0