Explanatory dictionary
botqoq
ботқоқ
Meanings
- Oyoq bosib boʻlmaydigan boʻsh loy va shunday loy bilan qoplangan yer, may-don; botqoqlik, botqoqzor. Baqa botqogʻini qumsar, Ba,shq — koʻlini. Maqol.
- sft. Boʻsh loyli, shunday loy bilan qoplangan.
- Salbiy muhit, girdob. Ular meni jinoyat botqogʻiga itarmoqchi boʻldilar. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli. Balandparvoz maqtanchoqlik bilan osmonga qarab, necha yillik turgʻunlik botqogʻidan qanday oʻtib kelganimizga hayronman. Gazetadan. Xizmat burchi nuqtai nazaridan olib qaralganda mayor haq: jinoyatchilik botqogʻidan tor-tib chiqarib, odam qatoriga qoʻshish kerak. "Yoshlik".
Examples
- Eshak yugurar qatqoqda, holi maʼlum botqoqda. "Qanotli soʻzlar". m
- Ariqni botqoqdan tozalab tur-masang, keladigan suv ham keyinchalik kama-yib, oxiri butunlay kelmay qolishi mumkin. Shukrullo, Saylanma.
- Botqoq va balchiq yerlarda olib boriladigan dehqonchilikni biz bir qator xalqlarda hanuz uchratamiz. K. Mahmudov, Qiziqarli pazandalik.
Source: Wiktionary
Views: 0