Explanatory dictionary
bugun
бугун
Meanings
- . Soʻz borayotgan paytda kechirilayotgan yoki kechirilgan kun, kecha-kunduz.
- . Hozirgi payt, hozirgi kun.
- Bugun emas, erta yoki bugun boʻlmasa, erta(ga,) Yaqin fursatda, tez orada, hademay.
Examples
- Men senga munosib emasligimni bugun bildim. — S. Ahmad — Ufq.
- Azizxonning buguniga, ertasiga Lutfiniso juda-juda zarur edi. — S. Ahmad — Ufq.
- Oʻtgan kuni ham, kecha ham, bugun ham shunday qilmoqchi boʻldi-yu, bari bir koʻngli chopmadi. — A. Obidjon — Akang qaragʻay Gulmat.
- Bugunimiz juda yaxshi, ertamiz bundam ham yaxshi boʻladi. Bugunni oʻylama, ertani oʻyla. — Maqol. —
- Mana shularni [dushman tayyorgarligini] nazarga olganda, bugun boʻlmasa, ertaga juda dahshatli jang boshlanishi muqarrar edi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
Etymology
asli bu + kun
Source: Wiktionary
Views: 0