Explanatory dictionary
burun
бурун
Meanings
- (3- burni) Hidlash, hid bilish aʼzosi; shu aʼzoning tashqi qismi.
- joʻmrak.
- Qulfning kalit solinadigan teshigi.
- Kemaning old qismi, tumshugʻi.
Examples
- Qirra burun.
- Qiygʻir burun.
- Burun katagi.
- Oʻrtada burun boʻlmasa, koʻz koʻzni oʻyar. — Maqol
- Sharofatning yupqa lablari koʻkarib pirpiradi, burni oqarib, kataklari kerildi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Iskandar, yomon hid kelganday, burnini jiyirib, oshxona tarafga qaradi. — S. Nurov — Maysalarni ayoz urmaydi
- Uning burun va yuzlari sovuqdan qip-qizarib ketgan. — Saida Zunnunova — Olov
- Choynakning burni.
- Nuri bugun Gulnorning uyini xoli topib, kaliti burnida unutilgan bir qutini ochdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Xayriyat, eshikning kaliti burnida qolgan ekan.. — Said Ahmad — Saylanma
- Temur Malik eng oldinda borayotgan kemada edi, u ikki qavat sovut va dubulgʻa kiyib, kema burniga chiqdi. — Mirkarim Osim — Temur MalikAchchigʻi burnining uchida - achchiq 7.Burni bilan gapirmoq (yoki kuylamoq) - dimogʻi bilan gapirmoq (kuylamoq).
- U [Sobiraxon] nima toʻgʻridadir oʻylar, ixtiyorsiz boʻlsa kerak, allaqanday hazin kuyni burni bilan kuylab borar edi. — Abdulla Qahhor — XotinlarBurniga suv kirmoq - aqli kirmoq, maqsadidan voz kechmoq.
- Bu qanday gapki, axir, hali ham Hamzaxonning burniga suv kirmabdi. Maktabni shariat nomi bilan necha bor bogʻladik, u oʻzboshimchalik bilan qayta ochaverdi. — Komil Yashin — Hamza
- U topgan-tutganini.. qimorga yutqazib, oʻyindan chiqdi, uning burniga erta suv kirdi. — "Yoshlik"Burnidan ip oʻtkazib olmoq - oʻz domiga tushirib, tamoman qoʻlga olmoq, oʻz izmiga solib olmoq.
- Bolaginamga ega chiqib, burnidan ip oʻtkazib oldi bu dogʻuli. — "Mushtum"Burnidan osha (yoki ortiq) gapirmoq - birovga keragidan oshiq, yoqmaydigan gap aytmoq.
- Dunyoning jabru jafosini boshidan oʻtkazgan. Hech bir odamga burnidan osha gapirmaydi. — "Yodgor"Burnidan tortsa (yoki burniga chertsa), yiqilguday - holdan toygan, ramaqijon boʻlib qoʻlgan.
- Gavdasining shunday kattaligiga qaramay, qandaydir uzoq kasaldan turgan odamdek, burnidan tortsa, yiqilay deb qoldi. — Oydin — Bechora
- Mana bugun ham iligidan darmoni qurib qaytdi. Burniga chertsang, yiqiladi. — Shuhrat — Umr pogʻonalariBurnidan chiqdi - tatimadi; zoye boʻldi.
- Urish eshitib, oʻynagani ham burnidan chiqdi.Burni koʻtarilmoq - magʻrurlanib, kekkayib ketmoq.
- Xoʻjayinning laychasi-ku, burnini bir qarich koʻtarganiga hayronmiz. — Oybek — Tanlangan asarlarBurnini tishlab qolmoq - armonda qolmoq.
- [Gulnor:] Bu hujraga boshlab keldingiz, menga juda yoqdi, endi uyga qaytish yoʻq, Mirzakarimboy burnini tishlab qolsin. — Oybek — Tanlangan asarlarBurni ham qonamadi - qonamoq.Burunning tagida (yoki ostida) - Oldiginasida, yonginasida.Burun suqmoq (yoki tiqmoq) - oʻziga aloqasi boʻlmagan ishlarga aralashmoq, qotishmoq.
- Olimxonning "fazilatlari" sanoqsiz: u, emikdoshi boʻlgani uchun, hamma toʻy, marakalarga burnini tiqadi. — Oybek — Tanlangan asarlarIkki qoʻlni burniga suqib (yoki tiqib) - 1) quruq; hech narsasiz.
- Ertasi kun yoki shu kun kechasiyoq ikki qoʻllarini burunlariga tiqib.. xoʻjayinlarining huzuriga boradilar. — Abdulla Qodiriy — Obid ketmon 2) quruq; benasiba.
- [Yoʻlchi:] Man kuchimni, terimni toʻkay, foydasini soyaparvar boylar koʻrsin, man ikki qoʻlimni burnimga tiqib qolaveray! Qani insof! — Oybek — Tanlangan asarlar
Source: Wiktionary
Views: 0