Explanatory dictionary
buyuk
буюк
Meanings
- Hajm-oʻlchovi odatdagidan ortiq, katta; ulkan.
- Ulugʻvor, yuksak, tengeiz, mislsiz.
- Aziz, moʻʼtabar, muqaddas.
- Buyuk (erkaklar ismi).
Examples
- Buyuk togʻ. Buyuk davlat. Buyu k bino. m Zargarov atrofidagi buyuk sahroni, shu sahrodek cheksiz sukunatni sezar, oʻzining behalovat ruhi shu boʻshliqlarni bus-butun toʻldirib turgandek tuyulardi. A. Muxtor, Asarlar.
- Fargʻona kapali oʻz koʻlami bilan.. buyuk atalmish oʻsha kanallardan oʻn baravar buyukdir. S. Ahmad, Ufq.
- Falakka boʻy choʻzgan allaqanday buyuk qasr roʻparadan namoyon boʻlib, Meʼmorning xayolini olib qochdi. Mirmuhsin, Meʼmor.
- Ahmad oʻzini buyuk koi not qarshisida zarraning mil-liarddan bir zarrachasidek his etdi. F. Musajonov, Himmat.
- Buyuk, yetuk odamlar nihoyatda kamtar, kam-suxan, dilbaru mehribon boʻlishini.. bu dono qiz yaxshi bilardi. Mirmuhsin, Meʼmor.
- Buyuk voqealar oldida vaqt oʻz hukmini oʻtkaza olmaydi. "Saodat".
- Insoniyat oʻz kamoloti jarayonida qoʻlga kiritgan buyuk kashfiyoti — tildir. Gʻ. Salomov, Tarjima nazariyasi.
- Bahor boʻyi, yoz boʻyi zarrama-zarra yiqqan bunyodini buyuk saxovat bshshn dehqon etagiga toʻkayotgan mana shu oltin kuzda uning yuragi qafasdan chiqqan qush yuragiday yayray boshladi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Dunyoda hech soʻz bormi Ona soʻzidan buyuk. H. Olimjon.
- Biz birinchi navbatda avlodlarning buyuk xoti-rasi oldida qarzdormiz. Gazetadan.
Etymology
Eski Turk tilidagi bädük so’zidan kelib chiqadi.
Source: Wiktionary
Views: 0