Explanatory dictionary
chaqiriq
чақириқ
Meanings
- Chaqirish maqsadida aytil-gan soʻz, gaplar. Gʻafur akaning: -Qochadigan odam yoʻq, kelavering, — degan hazilnamo cha-qirigʻi eshitildi. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi.
- Biror xatti-harakatga undash, daʼvat qilish.
- Xonadonda biror munosabat bilan oʻtkaziladigan mehmondorchilik, ziyofat.
- Quda chaqiriq etn. Nikoh toʻyidan keyin qudalar tarafidan kelin yoki kuyovning oilasi va qarindosh-urugʻlarini chaqirib beriladigan ziyofat. Sovuqchilik quda chaqi-riqdan boshlandi. "Sharq yulduzi".
- Shoʻro davrida: partiya, hukumat yoki sʼyezd, qurultoy, majlis va sh.k. tomo-nidan eʼlon qilingan murojaat, daʼvat yoki shiorlar. /
- Navbatdagi saylovdan keyin hamkor-likda ish olib boruvchi deputatlar tarkibi.
- Chaqiriq qogʻozi Idora, muassasa va shu kabilarning rasmiy taklif qogʻozi; povestka.
Examples
- Demak, Boburning dunyo lazzatlari-dan foydalanish.. toʻgʻrisidagi nasihat va chaqiriqlari hayotdagi turli-tuman koʻn-gilsiz, baxtsiz voqealardan.. gʻam chekishning oʻrniga tavsiya etilgan tadbirlardan edi. — "OʻTA".
- Komandirning chaqiriqlari vzvod jangchilarini jasoratga chorlardi. — Nazar-mat — Joʻrlar baland sayraydi.
- Yaqinda bir tanishim qizining tugʻilgan kuni munosabati bilan mehmon chaqiriq qil-di. — M. Ismoiliy — Odamiylik qissasi.
- May chaqiriqlari. n
- Boʻta-boy soʻzining oxirida.. chaqiriqqa oʻzining tayyor ekanini bildirdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Qo-dirbek bilan boʻlgan tungi mojarodan bir haftacha oʻtgandan keyin militsiyadan menga chaqiriq qogʻozi kelib qoldi. — M. Qoriyev — Oy-din kechalar.
Source: Wiktionary
Views: 0