Explanatory dictionary
chatishmoq
чатишмоқ
Meanings
- Chatmoq fl. birg. n.
- Duragay boʻlmoq, duragaylashmoq.
- Uzoq qarindoshlik munosabati bilan bogʻlanmoq.
- Bir-biri bilan qoʻshilib, birlashib ketmoq.
- Oʻzaro qoʻshilmoq, birlashmoq.
Examples
- Chatishgan mollar.
- -Ahmad Yassaviy balki bizning pirimizga chatishgan qarindoshdir? — soʻra-di majlis ahlidan biri. — Oybek — Ulugʻ yoʻl.
- Asli ular bilan Anziratlarning chatishgan joyi bor — qarindosh. — "Yoshlik".
- Boboqayragʻochning oʻzaro chatishib ketgan shoxlariga boqib, "islimiy moʻʼji-za", deb oʻyladi yigit. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Bepoyon dalada bir botir uxlar: Sochlari chatishib ketgan giyohga. — X. Davron.
- Xorazm vohasi oʻzbek dostonchiligining oʻziga xos, epik anʼanalar chatishib ketgan et-nik regionlaridan biridir. — "OʻTA".
- Avazning gapida yengil kinoya bilan samimiy ehtirom nozik bir usulda chatishib ketgan edi. — S. Siyoyev — Avaz.
Source: Wiktionary
Views: 0