Explanatory dictionary
dard
дард
Meanings
- Jismoniy azob; ogʻriq, kasallik.
- Dard koʻrma yoki qoʻling dard koʻrmasin
- Qoʻli gul ijrochiga, oʻz kasbining ustasiga yaxshilik tilab aytiladigan ibora.
- Ruhiy azob, gʻam-gʻussa, alam-hasrat.
- Kishining borligʻini, butun fikri-yodini band etgan narsa, ish, tash-vish, orzu, xayol va sh.k.
- Dardi bedavo q. bedavo. Dardi ichida Dardini aytay desa, tili qisiq. Dard ustiga chipqon (chiqqandek) Bunisi yetmaganday, ustiga ustak.
- Fikru xayol; armon, ezgu maqsad.
- Ishq, muhabbat.
Examples
- Ogʻir dard. Dard koʻrmok■ Dardga chashnmokDardni yashirsang, isitmasi oshkora kiladi. — Maqol.
- Dard chekmagan dori qadrini bilmas. — Maqol.
- Tanasi boshqa dard bilmas. — Maqol. m
- Kechga tomon dard kuchaiib ketdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Xudoy taolo har bir dardga bir davo yaratgan. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Bunasiba sizga. Sara bugʻdoy. Qoʻlingiz dard koʻrmasin, ogʻa. — S. Siyoyev — Avaz. Dardini olmoq "Oʻrgi-lib ketay, aylanay, sogʻu salomat boʻling" maʼnolarida.
- Dardingizni olai, boyvachcham. Bu yil, oʻzingizga maʼlum, ob-havo past kelib, dehqonchilikdan baraka qochdi. — K. Yashin — Hamza.
- Ayriliq dardi. Dardida yonmoq (kuymok). Dardini ichiga yutmok•
- Fotima domlaga:] Mening hech joyim ogʻrimaydi, fakat ishq dardim bor, uf! — Hamza — Tuhmat-chilar jazosi.
- Nihoyat, dardim yuragimdan toʻlib-toshib, baʼzi gaplarni erimga ayta boipadim. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Yura-gimning dardlari Qizil gulday katma-qat, alla. — "Boychechak".
- Men kimga yigʻlayman, dardimni yorib. — "Shirin bilan Shakar".
- Uning dardi — oʻyin. Biror narsa dardida yurmok■ ™
- Shoirlik bu — ulkan dard. — Shukrullo — Saylanma.
- Mirza-jon koʻnglida shoirlik dardi bshgan tugʻilgan bola. — P. Tursun. Oʻqituvchi. -
- Siz nimani bilardingiz, dardingiz pul, — dedi Zumrad oyisiga. — Oybek — Zumrad.
- Solih Poʻlatovich shogirdlarining dardini yaxshi tushunardi. — J. Abdullaxonov — Toʻfon.
- Qadrdoningiz Yusuf-bek hojining oʻgʻli Otabek bir necha kunlardan beri benihoya bir dard bagan ogʻrir edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Bola besh yoshida qattik kasalga uchrab, ikki koʻzi koʻr boʻlib qoldi. Dard ustiga chipkon chiqkandek, koʻp vakt oʻtmay, u ota-onasidan ham judo boʻldi. — N. Yoqubov — Qalb koʻzi bilan.
- Sherbekning yuragi gʻash edi. Lekin tergov dard ustiga chipkon boʻlib chiqdi. — S. Anorboyev — Oqsoy. Dard qolmoq Noiloj qolmoq, dogʻda qolmoq.
- Bir oz aqlga yon berib ish kalgan kishi hech bir vaqt dard qol-maydir. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Kuzda chuqur shudgor qilingan yer dehqonni dard qoldirmaydi. — Gazetadan.
- Uning [Atevning] qalbi hamisha xalk ku-vonchi, xalq dardi, xa,sh orzu-hislari bilan yonib, olovlanib turadi. — X. Yodgorov — Hayot toʻlqinlari.
- Elbekning ham oʻziga yarasha dardi, sevgisi, orzusi bor edi. — N. Fozilov — Diydor.
- Darding maktab ochishginami desam, hali bu yoqda gap katta ekan-u! — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Dayli dardida choʻl kezib yurgan Majnunning iztiroblariga yoz holati mutanosib edi. — Gazetadan.
- Zevarxon Malikai Hubbonning dardida yurgan edi. — "Bahrom va Gulandom".
Source: Wiktionary
Views: 0