Explanatory dictionary
dehqon
деҳқон
Meanings
- Dehqon dukkakli, boshoqli, poliz ekinlarini ya'ni bir yillik, ikki yillik isteʼmol uchun yaroqli tanasi yogʻochlashmagan oʻsimliklarni ekish vaqtini, parvalish qilishni biladigan kishi. Asosiy kasbi-hunari yerga ishlov berish, ekin ekishdan iborat boʻlgan kishi.
- Kolxozchi dehqon 1) kollektivlash-tirish davrida oʻz xususiy yeri, ot-ulovi va qishloq xoʻjalik asboblari bilan birga kolxozga aʼzo boʻlib kirgan dehqon; 2) kolxoz aʼzosi. Yakka dehqon Kolxozga kirmay, oʻz holicha, oʻzi yakka holda deh-qonchilik qilgan kishi.
Examples
- Dehqon boʻlsang, shudgor qil, mullo boʻlsang, takror qil. — Maqol.
- yat Quyosh nurlarini shirin-shakar mevalarga aylan-tirgan bu oʻzbek dehqoni. — Shukrullo — Say-lanma.
- Men sizga ekinlarimni koʻrsatai. Dehqon koʻzi bilan qarab, meni yaxshilab tan-qid qiling. — Oybek — O. v. shabadalar.
- Yakka dehqon xoʻja/shgi. Oʻrta (yoki oʻrta hol) dehqon Oʻz yerlarida oʻzi va oila aʼzolari kuchi bilan dehqonchilik qilgan kishi.
- -Oʻttiz sakkiz kishining koʻpi ot-ulovli oʻrta dehqon boʻlsa kerak. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Soʻnggi uch yarim yil ichida yakka xoʻjalik-lardan ellik bitta ariza tushdi. Bularning koʻpisi oʻrta hol dehqonlar edi. A. — Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
Etymology
f. — katta yer egasi, zamindor; qishloq hokimi
Source: Wiktionary
Views: 0