Explanatory dictionary
depsinmoq
депсинмоқ
Meanings
- Depsimoq 1, 3, 4 fl.
- oʻzl. n.
- Seskanmoq, choʻchib tushmoq.
- Qimirlamoq, silkinmoq.
- Tebranib, qaltirab qoʻzgʻalmoq, yurmoq.
- Depsinib turmoq (yoki qolmoq) Oldinga jilmay, bir xil holat, darajada tura bermoq.
Examples
- U aqldan ozgandek depsinar, yerni mushtlar edi. — "Yoshlik".
- Uyurni bezovta v a sarosimali depsinayotgan aygʻirlar oʻrab turishardi. — "Yoshlik".
- Shuorada, nima boʻldi-yu, ona kiyik bir depsinib, chopib ketdi. — Mirmuhsin — Qa\ramonnoma.
- Ot boshini qayirib, turgan joyida depsinib qoʻydi. — M. Mansurov — Yombi
- Yurak depsinib tushar dahshatli har xabardan. — Gʻ. Gʻulom.
- Muqaddam depsinib, uygʻonib ketdi. — Oʻ. Hoshimov — Bahor qaytmaydi
- Gazlida yer depsinganda, posyolkada nihoyati 13 mingga yaqin aholi yashardi. — J. Saʼdullayev — Kamolot yoʻllari
- Mashinalar depsinib, hansirab bormoqda. — "Uzbekistan qoʻriqlari".
- Qudratli mashina depsinib qoʻzgʻaldi va yerni shudgorlashni davom ettirdi. — "Uzbekistan qoʻriqlari".
- Qudratli teplovoz qamchi yegan otdek depsindi. — Gazetadan
- Bir joyda depsinib turish — qoloqlikka yuz tutish demakdir. — M. Nazarov — Jilvon jilvalari.
- Xatda shunday deyilgan: “Afsuski, qurilish ishlari depsinib qoldi ”. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari"
Source: Wiktionary
Views: 0