Explanatory dictionary
dilsiyohlik
дилсиёҳлик
Meanings
- Birovning nohaq, no-oʻrin harakati, soʻzidan qattiq ranjishlik yoki ana shunday harakat bilan birovni ranjitishlik; xafagarchilik.
Examples
- -Hozircha tinch yashab turibmiz. Tagʻin oraga biron dilsiyohlik tushmasin, — dedi Laʼli yerdan koʻzini uzmay. — D. Nuriy — Osmon ustuni.
- Ustma-ust yuz bergan dilsiyohliklar Muhammad Sharifning yuragini zada qilib qoʻydi. — Q. Mirzo — Olam goʻzal.
- Uydagi dilsiyohlik kattayu kichikning, ayniqsa bunday holatga koʻnikmagan Shav-katning vujudini sirqiratardi. — K — . Kenja, Togʻ yoʻlida bir oqshom.
Source: Wiktionary
Views: 0