Explanatory dictionary
dimiqmoq
димиқмоқ
Meanings
- Havoning juda issiq-ligi yo oʻta namligi, yoki boshqa holat tufayli qiynalib nafas olmoq, nafasi qaytmoq; boʻgʻilmoq.
- Navoiy.
- Nafas qaytaradigan darajada buzil-moq, ogʻirlashmoq (xona berkligi tufayli yoki undagi baʼzi narsalar taʼsiridan yuzaga kelgan havo haqida).
- Oʻralgan holatda yoki uzoqroq turib boʻrsib qolmoq, aynimoq, buzilmoq.
- Boʻgʻilmoq (ovoz haqida).
- Bir joyda oʻtiraverib zerik-moq, ruhan ezilmoq.
Examples
- Hovlini qoʻrgʻonsifat qurib, tor joyda dimiqib yashashni jini sevmaydi. — "Yoshlik".
- Toʻgʻonbek dimiqqandek ogʻir nafas olib, darichaning ikki tabaka-sini ham keskin itarib yubordi. Oybek,
- Bir mahal Poshsha kampir dimiqib, sekt boshini koʻrpadan chiqardi. — N. Qilichev — Chigʻiriq.
- -Albatta ochish kerak, —dedionasi oʻrniga javob qilib Abdusattor, — qurt dimiqib qolibdi. — N. Safarov — Tanlangan asarlar.
- Kun boʻii issiq qamalib, dimiqib qolgan xonani shamollatish uchun derazalarni ochib yubordi. — J. Abdullaxonov — Xonadon.
- Kiyimlarini almashtirib, oʻrniga choʻzildi. Uy dimiqib ketgandek, nafas olish ogʻirlashib borardi. — "Yoshlik".
- Ovqat dimiqib qolibdi. Goʻsht dimiqibdi. n
- Yoz boʻyi gʻoʻzalarni toʻydirgan serunum tuproq kulrang oʻgʻit bilan aralashib, pastga tushar, ostki qatlamning dimiqib yotgan qora tuprogʻi yuzaga chiqib tovlanardi. — I. Sham-sharov — Paxtaqaynar.
- Qirgʻoqlarini poʻpanak qoplab, suvi dimiqib yotgan hovuz.. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Boshini koʻrpaga burkab olgan Elmurod dimiqqan ovoz bilan soʻradi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Qoʻrboshi achchiq tutun ustiga engashib tura berib, dimogʻi tare yorshshb ketayozdi va dimiqqan ovoz bilan qichqirdi. — A. Qahhor — Asarlar.
- Siz juda yaxshi, chiroyli, aqlli qizsiz! Bu dargohda dimiqib qolibsiz, xolos! — "Mushtum".
- Bu ayol uning dimiqqan hislari uchun, chuvalashib yotgan oʻylari uchun mana shunday kengliklarga darcha ochib ketganday edi. — A. Muxtor — Asarlar.
- Qobil ularning sal zerikkan va dimiqqan davrasiga toza bir epkin boʻlib kirdi. — M.M.Doʻst, Galatepaga qaytish.
Source: Wiktionary
Views: 0