Explanatory dictionary
diqqat
диққат
Meanings
- Fikr, fikru zikr, fikr-yod.
- Nazar-eʼtibor, iltifot; sinchkovlik.
- Diqqatga sazovor (yoki loyiq) yoki shoyoni diqqat Eʼtibor etishga arziydigan, eʼti-borni oʻziga tortadigan.
- sft. Uzluksiz eʼtibor talab etadigan, yurakni siqib yuboradigan, ogʻir, mashaq-qatli.
- Zeriktiradigan, zerikarli, maroqsiz.
- Diqqat boʻlmoq yoki diqqati oshmoq Boʻgʻilmoq, siqilmoq; zerikmoq.
- kesim vazifasida. Boʻgʻilgan, yuragi siqilgan; xafa.
Examples
- Oʻzini unutib, barcha diqqati hujra ichiga oqqan edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Sidiq-jon.. bolaga qarab, u-bu deb turgan boʻlsa ham, koʻzi va butun diqqati Sharofatda edi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Diniy va milliy ruhning tarbiyasiga alohida eʼtibor va diqqat lozim. — Oybek — Nur qi-dirib.
- [Kumush] Sochlari orasidagi chigillar-ni diqqat bshshn tarab, jom yoniga oʻtirdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Toʻlqinjon Hu-rining soʻzlarini zoʻr diqqat bilan tingladi. F. Musajonov, Huri.
- Yoʻlchi oʻroqqa diqqat bshshn tikilib qaradi va enkayib oʻra boshladi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Diqqatga sazovor gap. yat Shahringizning diqqatga sazovor joylarini keyin koʻramiz. — "Guldasta".
- Xoʻjayev afandining fikri-zikri shoyoni diqqat. 3. Said, N. Safarov. Tarix tilga kirdi. Diq-qatni jalb qilmoq (yoki tortmoq) 1) eʼti-borni, fikrni bir joyga toʻplamoq, yigʻ-moq, eʼtiborni biror narsaga qaratmoq.
- Maʼruzachi tinglovchilarning diqqatini shu masalaga tortdi; 2) boshqalarning eʼti-borini oʻziga qaratmoq.
- Tebranib yonayotgan sham zoʻr moʻʼjizaday hammaning diqqatini jalb qilgan edi. — A. Qahhor — Koʻr koʻzning ochilishi.
- Dastlabki kunlarda qishloq aho-lisining diqqatini jalb qilgan yangi domla bora-bora nazardan tushib qoldi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Diqqat ish.
- Diqqat gap.
- Shu bugun kechqurun haligiday diqqat boʻlib oʻtir-ganida, yana Latofatxon esiga tushib, bir fikrga keldi. — A. Qahhor — Asarlar.
- Uning [Raʼnoning] diqqati oshib ketgan, tiq etsa, eshikka qarab qoʻymoqda. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmokdar. Diqqat qilmoq 1) eʼtibor ber-moq; iltifot qilmoq.
- Hali diqqat qil-magan ekanman: yuzlari sip-silliq, xuddi toshdan yasalganga oʻxshaydi. — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati; 2) boʻgʻmoq, yurakni siqmoq; zeriktirmoq.
- Hokim toʻrani diqqat qilma. — K. Yashin — Hamza.
- Oʻzi diqqat, xunob, lekin tez-tez xayolga ketardi. — Oybek — Hyp qidirib.
- Avaz diqqat. Xiva tomonga qarayverib, koʻzi teshilay dedi. Otasidan mujda yoʻq. — S. Siyoyev — Avaz.
Etymology
— aniqlik; sinchkovlik; noziklik.
Source: Wiktionary
Views: 0