Explanatory dictionary
doxil
дохил
Meanings
- doxil boʻlmoq 1) kirmoq, bir narsaning ichiga kirmoq; qadam qoʻymoq; yetmoq.
Examples
- Tong mahali Tarlon ikkovimiz bozor joʻnadik. Qizilsuvga doxil boʻldik. — "Yoshlik".
- Yosh hokimning ogʻzi qulogʻida: aholisi mamnunlik bilan uni kutib olgan shaharga doxil boʻladi. — M. Osim — Karvon yoʻllarida.
- Sarchashma boʻyiga doxil boʻldingmi, Bu chashmada parizodni koʻrdingmi? — "Murodxon". — 2) daxldor, aloqador, tegishli boʻlmoq.
- Har kim oʻz holiga yarasha biror narsa xudoyi qilib, savobga doxil boʻlishini iltimos qilaman. — S. Ayniy — Doxunda.
- Qanchadan-qancha kishining hojatini chiqardi, savobga doxil boʻldi. — N. Qobul — Unutilgan sohillar.
Etymology
arab. – ich, ichki; kiruvchi; aralashuvchi
Source: Wiktionary
Views: 0