Explanatory dictionary
dud
дуд
Meanings
- Tutun, kurum, is.
- Gʻubor, dogʻ, asorat.
- Oh, nola; ruhiy azob.
- Achchiq, jaxd; gʻazab.
- Ilikdik tafti.
Examples
- Porox dudi, v
- Mamajonning dimogʻiga qorachiroq dudi gup etib urildi. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Yogʻ dudi osmonga koʻkish ustunday koʻtarildi. — H. Gʻulom — Zamin yulduzlari.
- Devorlari va shipini qop-qora dud bosgan bu uyga quyosh nurlari kichik bir tuynukdan tushardi, xolos. — J. Sharipov — Xorazm.
- Koʻzimda gʻurbatning zaharli dudi. — Gʻ. Gʻulom.
- Gulnorning koʻnglini qoplagan hasrat dudi tarala boshladi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Aslida suhbatdan qolgan dud hali Elmurodning koʻnglidan arimagandi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Hoji xolaning dudi osmonda edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Dushmandan intiqom olib, dudini dimogʻidan chiqaraylik. — M. Osim — Karvon yoʻllarida.
- Mana shu yerda mingboshining dudi osmonga chiqdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Hut kirdi, yer ostiga dud kirdi. — Maqol.
Source: Wiktionary
Views: 0