Explanatory dictionary
el
эл
Meanings
- Bir joyning odamlari, aholisi, xalqi; umuman, koʻpchilik odam, xaloyiq, hamma.
- Bir yurtga, qabilaga mansub odamlar; millat, xalq.
- Yurt, diyor, mamlakat.
- El boʻlmoq Kimsa bilan oʻz kishisidek yaqin, doʻst boʻlmoq; chiqishmoq.
Examples
- U erining qilmishidan el oldida boshini xesh qilib yurardi. — T. Ashurov — Oq ot.
- Odamlarning kuz yo'shidan, qahridan qoʻrqmay, el otasi boʻlib yurganingizga yoqa ushlay-man, taqsir. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Qipchoq eli. Mangʻit eli. Qar-dosh ellar. yat Shifokorlik kasbini ulugʻlash, elga sidqidildan xizmat qilish, kishilar-ning dardiga davo topish oliyjanob ishdir. — Gazetadan.
- Chet ellar. Har kim elida, oʻrdak koʻlida. — Maqol. m
- Bahor keldi elimizga, Yashil toʻn kiydi dala. — I. Muslim.
- Shu payt xayol uzoqlarga, ona elimga olib ketdi. — T. Rustamov — Mangu jasorat.
- Yashil ellarga tomon uchib ketdi qushchalar. — A. Oripov.
- Asli dushman el boʻlmas, Etakni kessang, yeng boʻlmas. — Ma-qol.
- Tomchi sel boʻlmas, Dushman el boʻlmas. — Maqol. m
- Bekning toʻplagan odamlari al-laqanday bir-biriga el boʻlmaydigan olchoq odamlar ekan.. — A. Muxtor — Chinor.
- Yovga el boʻlmagan kabi hech zamon, Yovni el qshgmadi fargʻonaliklar. — A. Obidjon.
Source: Wiktionary
Views: 0