ball.uz
Back to dictionary

Explanatory dictionary

emulsiya

эмулсия

Meanings

  1. Bir-birida deyarli erimaydigan ikki suyukdik-ning biri ikkinchisida juda mayda tom-chilar holida muallaq suzib yuradigan ara-lashmasi (maye., yogʻ tomchilarining suvdagi qorishmasi emulsiyadir).
  2. Fotoplyonka, fotoqogʻoz yoki fotoplastinka betiga surtilgan yorugʻlik sezuvchi qatlam.
  3. Emulsiyalar (lot. emulgeo – sog’aman, sog’ib olaman; dastlab emulsiya sutda o’rganilgan) – bir – biri bilan aralashmaydigan ikki suyuqlikdan iborat suyuq mikrogeterogen dispers sistemadir. Demak, emulsiya hosil bo’lishi uchun suyuqliklar bir – birida juda oz erishi kerak, masalan, emulsiya hosil qiluvchi suyuqliklardan biri sifatida suv olinsa, suvda oz eriydigan suyuqlik shartli ravishda “moy” deb ataladi. Agar “moy” tomchilari suv ichiga tarqalgan bo’lsa m/s bilan, aksincha suv tomchilari “moy” ichida tarqalgan bo’lsa s/m bilan belgilanadi. Konsentrlangan (50% atrofida) barqaror emulsiyalar hosil qilish uchun sistemaga suyuqliklarning sirt tarangligini kamaytiradigan, suyuqliklar sirtida mustahkam parda hosil qilib, dispers faza tomchilarining bir – biri bilan yopishib ketishiga yo’l qo’ymaydigan uchinchi modda – emulgator qo’shish kerak (emulgatorlarga qarang). Sovun eng ko’p ishlatiladigan emulgator hisoblanadi. Boshqa dispers sistemalar singari emulsiyalar ham dispergatsiya va kondensatsiya usullari bilan olinadi. Emulsiyalar texnikada va turmushda juda katta ahamiyatga ega. Masalan, margarin ishlab chiqarishda emulsiya olish jarayonidan foydalaniladi.

Examples

Etymology

fr. emulsion < lot. emul-gere — sogʻib olmoq

Source: Wiktionary

Views: 0

View spelling in spelling dictionary