Explanatory dictionary
erimoq
эримоқ
Meanings
- Issiq taʼsiri natijasida qattiqligini yoʻqotmoq, suyuq holga oʻtmoq; yumshamoq.
- Jismonan boʻshashgan, "erigan" holatga tushmoq.
- Issiqlik yoki boshqa taʼsir natijasida parchalanib yoʻq boʻlmoq, boshqa jismga aylanmoq.
- /suchma Parchalanib yoʻqqa aylanmoq; yoʻq boʻlmoq.
- Ruhan iliqlik, yoqimlilik his-si uygʻonmoq, xush yoqmoq; shunday holatga tushmoq.
- Moyillik, mehr, himmat \issi oʻy-gʻonmoq; mehri tovlanmoq.
- koʻchma s.t. Xarid qilingan narsa, yan-gilik, muvaffaqiyat va sh.k. uchun ziyofat qilib bermoq; siylamoq, yuvmoq.
Examples
- Erigan poʻlat. Erigan choʻyan. Eri-gan sariyogʻ. n
- Yerlar erib, hamma yoq shilt-shilt loy, qoʻrgʻon kunguralaridagi qirov-lar bugʻga aylanib, koʻkka koʻtarilmoqda edilar. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Yoʻl tortib — charchab ke-layotgan odam emasmi, soyada erib, koʻzi uyquga borib, uxlab qoldi. — "Yodgor".
- Tegir-monchi, goʻyo erib ketganday, boshini quyi soldi. — Oybek — O. v. shabadalar.
- Uning butun vujudi eriganday boʻldi; koʻkragining alla-qayeridan shuv etib koʻtarilgan bir nima tomogʻida lip-lip etdi-yu, koʻziga yosh oldi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Mavjlarga oq kapalak-lardek qoʻnayotgan qor uchqunlari shu ondayoq jimjit eriydi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Al-laqayerda qargʻa qorlar erib ketganidan zorlanib qagʻillaydi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Tuz edikki, erib ketamizmi ? — Erib-ku ketmaymiz.. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Hah shumtakalar, ogʻizlaringda erib ketadigan suzma qurutni bersam, ol-maysizlar, shu tosh qurutni talashasiz-lar. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Suluv esini yigʻib qarasa, Erimbet joyida erib ketganday gʻoyib boʻlibdi, hech qayerda yoʻq. — A. Muxtor — Qoraqalpoq qissasi.
- Agar yigit-qizni haqiqiy sevgi bir-biriga bogʻlasa, uni hech qanday kuch uzolmaydi, oshsh-da yuz beradigan baʼzi bir kelishmovchilik-lar, xafaliklar ham sevgi-muhabbat haro-ratida erib ketaveradi. — A. Eshonqulov — Oila baxti haqida.
- Yaxshi gaplarni tinglab, erib oʻtir-gan Nuqra aeeaii yalt etib Jiii Karimovich-ga qaradi. — Mirmuhsin — Nuqra.
- Bola kam-pirning soʻzlarini tushunmasa ham, uning issiq onsiik mehridan eridi-da, quvonchidan sakrab oʻrnidan turib, kampirni quchoqlab oldi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Hozir boʻling, oʻr-toq yefreytor, goʻzal qizlar ham anoyi emas, salgina gapga erib ketavermaydi. — 3. Fat-xullin — Soʻnmas yulduz.
- Nimaga bu yerda turibmiz? Oshxonaga olib kirib, bir eriyin endi sanga, jonginam! — J. Abdulla-xonov — Toʻfon.
- -Yarimta emas, oʻnta yarimta-ga eriyman! — kapitan shunday dedi-da.. qoʻlidan xatni yulib oldi. O. Yoqubov, Iz-layman.
- ..bugun sal erisangiz boʻlardi, oxirgi oyda oʻqigan leksiyalaringizga 4,5 ming soʻm yozibqoʻydim. — "Mushtum".
Source: Wiktionary
Views: 0