Explanatory dictionary
esdalik
эсдалик
Meanings
- . Esda qolgan taassurot, xotira.
- . Xotira ramzi yoki xotira boʻlib qolgan narsa; yodgorlik.
- Esdalik daftari 1) taassurotlarni yozib qoldirish uchun qoʻyilgan daftar (mas., muzeyda, koʻrgazmada); 2) xotiralar yozib boriladigan kundalik daftar.
Examples
- Otam shu mavzuda oʻz esdaliklaridan bir voqeani naql qildi. S. — Ayniy — Esdaliklar.
- Asqar Aminovichning gaplari koʻnglining eng chuqurida yotgan esdaliklarini yana qoʻzgʻab, xayolini agʻdar-toʻntar qilib yuborgan edi. — O. Yoqubov — Izlayman.
- Bobodan qolgan esdalik. Esdalik sovgʻalar.
- Bu joylarni rasmga olib qoʻysangiz, yaxshi boʻlardi. Hammamizga esdalik boʻlib qolardi. — I. Rahim — Tinimsiz shahar.
- Xalqimiz, avlodlarga esdalik boʻlsin, deb chinor ekadi. — Gazetadan.
- Chang bosib yotgan esdalik daftarimni yaqinda eski kitoblar orasidan topib oldim. — U. Usmonov — Sirli sohil.
Source: Wiktionary
Views: 0